14:02 / 01.07.2017
7 793

Yo‘ldan adashganlar - Samarqand viloyatidagi hodisa

Yo‘ldan adashganlar - Samarqand viloyatidagi hodisa
2017 yilning 26 iyun kuni tonggi soat 07:40 da Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchilik qismiga kelib tushgan ma’lumotga ko‘ra, Sh.Toshpo‘latova 25 iyun kuni o‘rtoqlari bilan Qo‘shrabot tumanidagi tog‘li hududga dam olish uchun borishgan. Sayohat chog‘ida ular yo‘ldan adashib qolganligi sababli kechqurun tog‘da tunashga majbur bo‘lishgan, deb xabar bermoqda FVV matbuot xizmati.

Olingan xabar asosida, qutqaruv otryadi navbatchi smenasi zudlik bilan voqea joyiga chiqib ketgan.

Qidiruv-qutqaruv ishlari Qo‘shrobod tumani IIB xodimlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan. Jabrlanganlar shu kunning o‘zida taxminan soat 15:30 da tog‘ cho‘qqisida topilgan va ularni aholi yashash joyiga evakuasiya qilish tadbirlari amalga oshirilgan. Ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan va sog‘-salomat ota-onalariga topshirilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yo‘ldan adashganlar - Samarqand viloyatidagi hodisa