17:35 / 01.07.2017
6 306

FVV qutqaruvchilari o‘zini Zarafshon daryosiga tashlagan qizni qutqarib qolishdi

FVV qutqaruvchilari o‘zini Zarafshon daryosiga tashlagan qizni qutqarib qolishdi
29 iyun kuni noma’lum bir qiz Zarafshon daryosiga o‘zini tashlagan va cho‘kib ketgan. Bu vaqtda daryo bo‘yida profilaktik tadbir o‘tkazayotgan Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Qutqaruv otryadi komandiri boshchiligidagi qutqaruvchilar voqea joyiga zudlik bilan etib borgan.

Qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida cho‘kkan qiz topilgan, qutqaruvchilar uning yurak urishi to‘xtaganligini aniqlab, darhol birinchi yordam ko‘rsatgan. Jabrlanuvchi nafas olishni boshlagach, u yo‘lovchi mashinada tuman tibbiyot birlashmasiga olib borilgan.

Yo‘l davomida jabrlanuvchiga bir necha bor yordam ko‘rsatildi. Tibbiyot birlashmasida malakali yordam ko‘rsatilib, qiz hushiga keltirildi, deb xabar beradi FVV matbuot xizmati.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » FVV qutqaruvchilari o‘zini Zarafshon daryosiga tashlagan qizni qutqarib qolishdi