Hozirgi kunda mamlakatimizda kitobxonlik saviyasini oshirish, mutolaa madaniyatini yuksaltirishga katta ahamiyat berilayotgani sizlarga ma’lum. Lekin, ko‘plab bolalarimiz kitobdan uzoqlashib, ko‘p vaqtini ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazayotgani – bu ham bor gap, deya ta’kidladi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Kamolot” YoIH qurultoyida so‘zlagan nutqida.
Albatta, biz Internet va boshqa zamonaviy axborot manbalarining o‘rni va ahamiyatini inkor etmaymiz. Bugungi hayotimizni Internetsiz tasavvur qilishning o‘zi qiyin.
Shuni hisobga olgan holda, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Internet tizimi orqali ma’naviy targ‘ibot ishlarini, jumladan, elektron kitobxonlikni kuchaytirishi zarur.
Nega deganda, biz farzandlarimizning ongi, dunyoqarashi asrlar davomida sinovdan o‘tgan, yuksak ma’naviyat xazinasi bo‘lgan jahon va milliy adabiyotimiz asosida emas, balki qandaydir shubhali, zararli axborotlar asosida shakllanishiga beparvo qarab turolmaymiz.
Aholimiz, eng avvalo, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik saviyasini oshirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida har yili “Eng kitobxon maktab”, “Eng kitobxon mahalla”, “Eng kitobxon oila” kabi yo‘nalishlarda tanlovlar o‘tkazish, yakuniy bosqich g‘oliblarini taqdirlash uchun qimmatbaho sovg‘alar, jumladan, yurtimizda ishlab chiqarilgan avtomobillarni mukofot tariqasida berish, o‘ylaymanki, bu juda katta rag‘bat bo‘ladi.
Bosh vazir A.Aripov va Davlat maslahatchisi X.Sultonovga shu masala bo‘yicha bir oy muddatda taklif kiritish vazifasi topshiriladi.
Manba: Qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»