23:42 / 01.07.2017
8 728

Shavkat Mirziyoyev: O‘tgan yilgi bitiruvchilarning 92 foizi ishli bo‘libdi. Kimni aldayapsiz?

Shavkat Mirziyoyev: O‘tgan yilgi bitiruvchilarning 92 foizi ishli bo‘libdi. Kimni aldayapsiz?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishsizlarning aksariyat qismini kollej bitiruvchilari tashkil etayotganiga urg‘u berdi. Masalan, 2016 yili 477 ming 743 nafar yosh yigit-qiz kollejlarni bitirib chiqqan va ularning 438 ming 503 nafari yoki 91,8 foizi ish bilan ta’minlangani to‘g‘risida ma’lumot berilgan.

“Savol tug‘iladi: bu raqamlar qanchalik to‘g‘ri? Agar barcha kollej bitiruvchilari ishga joylashayotgan bo‘lsa, ishsiz yoshlar qayerdan paydo bo‘lyapti?

Kollej bitiruvchilari bilan to‘rt tomonlama shartnomalarni nomigagina imzolab, o‘zimizni o‘zimiz aldamayapmizmi?

Yoshlarni ish bilan ta’minlash uchun avvalo ular o‘rtasida tadbirkorlikni keng rivojlantirish, bu borada yangi imkoniyatlar yaratish maqsadida biz bir qator chora-tadbirlarni ko‘zda tutmoqdamiz.

Bu borada Iqtisodiyot vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga har bir tuman (shahar) markazida Yoshlar tadbirkorlik klasterlarini tashkil etish vazifasi topshiriladi.

Ana shu klasterlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun elektr energiyasi, tabiiy gaz, suv va transport kommunikasiyasi, aloqa vositalari va Internetga ulanish imkoniyati mavjud bo‘lgan hududlarda foydalanilmay yotgan davlat ob’ektlari yosh tadbirkorlarga “nol” qiymati bilan ijaraga beriladi.

Hamma hududlarda tashkil etilayotgan iqtisodiy zonalarda, shaharlarda esa kichik sanoat zonalarida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining a’zosi bo‘lgan yosh tadbirkorlardan ijara haqi olinmaydigan tartib joriy etiladi.

Bundan tashqari, o‘z biznesini boshlayotgan yosh tadbirkorlarga imtiyozli narxlarda yuridik, texnik va boshqa maslahat yordamlarini ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish lozim.

Bu masala bo‘yicha moliya vaziri B.Xo‘jaev hamda Savdo-sanoat palatasi raisi A.Ikromov bir oy muddatda tegishli takliflarni ishlab chiqib, taqdim etishi zarur”, dedi Prezident.

Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev: O‘tgan yilgi bitiruvchilarning 92 foizi ishli bo‘libdi. Kimni aldayapsiz?