Alimentdan birlik sari: yana bir oila yarashtirildi

Majburiy ijro byurosi Jizzax viloyati boshqarmasi G‘allaorol tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan ijro hujjati doirasida qarzdor A.A.dan undiruvchi G.A. foydasiga aliment undirish bilan bog‘liq ijro harakatlari olib borildi.
Ijro harakatlari davomida Byuro xodimlari tomonidan oilaviy munosabatlarni tiklash, er-xotin o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni bartaraf etish hamda oilani saqlab qolish maqsadida tegishli tushuntirish va targ‘ibot ishlari amalga oshirildi. Natijada taraflar murosaga kelib, oila yarashtirildi.
Eng quvonarlisi, oilaviy kelishuvga erishilishi natijasida ijro ishini qonunchilikda belgilangan tartibda tamomlashga asos yaratildi. Zero, har bir yarashgan oila — farzandlar kelajagi va jamiyat barqarorligi yo‘lidagi muhim qadamdir.
Keyingi yangilik

Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…