Indoneziyada ulkan piton sahnadagi ijrochining bo‘ynini siqib, bo‘g‘ib tashladi (video)

Dunyo1 daqiqa o'qish4
Indoneziyada ulkan piton sahnadagi ijrochining bo‘ynini siqib, bo‘g‘ib tashladi (video)

Indoneziyada musiqa tadbiri vaqtida noodatiy chiqish deyarli fojia bilan yakunlanayozdi. Sahnaga yelkasiga ulkan piton ilib chiqqan ijrochi tomosha davomida ilonning qattiq siquvi ostida qoldi.

Voqea aks etgan videolarda piton ijrochining bo‘yni va beliga o‘ralib, tobora qattiqroq siqa boshlagani ko‘rinadi. Natijada ijrochi muvozanatini yo‘qotib, orqaga — barabanlar ustiga yiqilgan. U ilon changalidan chiqishga urinayotgan bir paytda musiqachilar va tadbir tashkilotchilari yordamga shoshilib, pitonni uning tanasidan ajratishga harakat qilgan.

Yaxshiyamki, hodisa jiddiy jarohatlarsiz yakunlangan. Ijrochi o‘ziga kelgach, konsertni davom ettirgan.

Biroq voqea ijtimoiy tarmoqlarda xavfsizlik masalasiga oid muhokamalarni kuchaytirdi. Ko‘plab foydalanuvchilar bunday tomoshalarda yovvoyi hayvonlardan foydalanish qanchalik xavfsiz ekanini savol ostiga oldi.

Muhokamalar davomida 2016 yilda Indoneziyada sahnada chiqish qilayotgan qo‘shiqchi Irma Bule bilan yuz bergan fojia ham yodga olindi. U chiqishi paytida qirol kobrasi chaqishi oqibatida vafot etgan edi. Shu sabab ayrimlar ko‘ngilochar tadbirlarda zaharli yoki xavfli yovvoyi hayvonlardan foydalanishni taqiqlashga chaqirmoqda.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?