13:32 / 04.07.2017
5 538

Rossiyada xalqaro qidiruvda ekanini bilmagan o‘zbekistonlik sobiq amaldor ushlandi

Rossiyada xalqaro qidiruvda ekanini bilmagan o‘zbekistonlik sobiq amaldor ushlandi
17 iyul kuni Rossiya IIVning Moskva shahri boshqarmasi Navbatchi qismiga 44 yoshli O‘zbekiston fuqarosi olib kelindi. Uning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari tekshirilganida fuqaro xalqaro qidiruvda ekani aniqlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘z vatanida ushbu fuqaroga nisbatan O‘zR Jinoyat kodeksining birdaniga ikkita moddasi (lavozimini suiste’mol qilish va lavozimiy soxtalashtirish) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Jinoyatchi Rossiyada chet el fuqarosi sifatida bo‘lish muddatini buzgani uchun qo‘lga tushgan.

Ushlangan shaxsning so‘zlariga ko‘ra, u Farg‘ona viloyatining Quvasoy shahri ma’muriyatida statistika boshqarmasi boshlig‘i lavoizmida ishlagan. Qidiruvda ekanini bilmagan. Ko‘p yillardan buyon “Tyoplыy stan”da bog‘bon bo‘lib ishlab kelgan. Rossiyada yangi oila qurgan.

Ushbu shaxsga nisbatan RF Ma’muriy huquqbuzarliklar kodeksining 18.8-moddasiga binoan ma’muriy javobgarlikka tortish choralari ko‘riladi. Fuqaro Rossiyadan chiqarib yuboriladi. Uning keyingi taqdirini O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari hal qiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rossiyada xalqaro qidiruvda ekanini bilmagan o‘zbekistonlik sobiq amaldor ushlandi