00:03 / 05.07.2017
11 205

Baxtli oila sirini bilgan ayol 95 ming dollar jamg‘arib oldi

Baxtli oila sirini bilgan ayol 95 ming dollar jamg‘arib oldi
O‘zbek xalqida “Go‘shtsiz osh bor, tashvishsiz bosh yo‘q”, degan maqol mavjud. Bu hikmatda ma’no ko‘p. Albatta, har bir insonning, oilaning o‘ziga yarasha muammolari va kamchiliklari bo‘lishi tayin. Biroq o‘sha qiyinchiliklarga ko‘z yumib, murakkab holatlardan chiqib keta olganlargina uzoq vaqt birgalikda osuda va baxtli hayot kechirishi mumkin.

Bu borada olimlar, faylasuflar, psixologlar turli maslahatlar va tavsiyalar berishgan. Baxtli yashash sirlari haqida kitoblar, qo‘llanmalar chop etilgan. Lekin ularning ichida eng yaxshi tavsiya bu hayotiy tajribadir.

60 yildan ortiq vaqt birgalikda baxtli umr ko‘rgan juftlik haqida hikoya qilamiz. Ular birgalikda farzandlar, nevaralarni birgalikda tarbiyalab, voyaga etkazishdi. Yaqinda esa ularning chevarasi ham dunyoga keldi.

Qayg‘uli vaziyatlar ham ko‘p bo‘lgan, albatta. Lekin bebaho baxtli onlar oldida juftlik uchun ular arzimas changday gap edi.

Oilaviy hayotning boshida ayol katta qutini shkafiga joylashtiradi va turmush o‘rtog‘idan uni hech qachon ochmaslikni iltimos qiladi. Erkak rafiqasiga ishonar va qutini juda ochgisi kelgan vaqtlarda ham teginmas edi. Oradan ko‘p yillar o‘tdi erkak esa bu quti haqida unutib yubordi.

Kunlarning birida ayol og‘ir xastalikka uchraydi va shifoxonaga yotqiziladi. Eri esa uning kiyimlarini yig‘ishtirayotganda tasodifan ochish man qilingan qutini ko‘rib qoladi va bu ayolining kayfiyatini biroz ko‘tarar, degan maqsadda uni shifoxonaga olib keladi.

Umr yo‘lining so‘ngida ayol erkakka ularning baxtli munosabati sirini ochishga qaror qiladi. Ular birgalikda qutini ochishadi, uning ichida 95 ming dollar pul va ikkita to‘qilgan qo‘g‘irchoq bor edi.

Erkak hayratdan qotib qoladi va rafiqasidan buni izohlab berishini so‘raydi.

“Biz turmush qurganimizda, buvim menga baxtli oila qurish sirini aytgan edi. Uning asrori foydasiz nizolarning yo‘qligidir. U menga erimdan jahlim chiqqan paytlarda, qo‘g‘irchoq to‘qishimni maslahat bergandi”.

Erkak xursand bo‘ldi, chunki qutida faqatgina ikkita qo‘g‘irchoq bor edi. Demak, rafiqasi undan shuncha uzoq yillik turmushi mobaynida bor-yo‘g‘i ikki marta g‘azablangan.

Qo‘g‘irchoqlar sababini tushungan erkak shuncha pul qutiga qayerdan kelganini anglay olmas edi.

“O... – deb javob berdi ayol, – bu pullar qolgan qo‘g‘irchoqlarni sotganimdan yig‘ilgan”.

Kutilmagan haqiqat erkakni qay holatga solgani bizga noma’lum. Biroq bu donolik ham baxtli va mustahkam oila qurishga yordam bergan, ham mo‘maygina daromad keltirgan.

Natijasiz tortishuvlardan qochish uchun mutaxassislar ham ko‘p bora turli yumushlar bilan band bo‘lish yoki sevimli mashg‘ulot bilan shug‘ullanishni maslahat berishadi. Sababi suv loyqalanib, yana tinishi hammaga ma’lum. Oilaviy nizolar ham xuddi shu kabi. Yuqoridagi hikoya maslahatlarning amaldagi isbotidir. Bu qanchalik foyda keltirishini o‘zingizda sinab ko‘ring.

Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Baxtli oila sirini bilgan ayol 95 ming dollar jamg‘arib oldi