13:23 / 05.07.2017
7 250

Jizzax kollejlaridan birida 2017-2018 o‘quv yilidan boshlab baliqchilik yo‘nalishi ochiladi

Jizzax kollejlaridan birida 2017-2018 o‘quv yilidan boshlab baliqchilik yo‘nalishi ochiladi
Jizzax viloyatidagi Arnasoy transport va qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kollejida 2017-2018 o‘quv yilidan boshlab ixtiolog (baliqchilik) yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. Bu bo‘yicha 2017 yil 1 mayda Prezident qarori imzolangan.

Kollejda baliqchilik tarmog‘i uchun ilmiy tadqiqotchilar, ixtiolog mutaxassislar tayyorlashning o‘quv rejasi va dasturlarini takomillashtirish, yangilash, kadrlar malakasini oshirishni tashkil etish bo‘yicha moddiy-texnik imkoniyatlari etarli. 2017-2018 o‘quv yilida kollejga ixtiolog mutaxassisligi bo‘yicha 30 o‘quvchi qabul qilinadi. Bu haqda «O‘zA»ga tayanib «UZ24» xabar berdi.

2008 yilda tashkil etilgan kollej 450 o‘rinli zamonaviy o‘quv binosi va 50 o‘rinli yotoqxonaga ega. Kollejda 3 yo‘nalishda mutaxassislar tayyorlanadi. Yangi yo‘nalishda mutaxassislar tayyorlash Toshkent davlat agrar universiteti bilan hamkorlikda olib boriladi. Prezident qarorida, shuningdek, Toshkent davlat agrar universitetida ham baliqchilik fakultetini tashkil etish belgilangan.

Aydar-Arnasoy ko‘llari tizimining 207 ming gektari Jizzax viloyati hududiga to‘g‘ri keladi. Keyingi yillarda ushbu ko‘llar tizimidagi suv havzalarida baliqchilik xo‘jaliklari soni ko‘payib, baliq ovlash hajmi ortmoqda. Ko‘llar tizimining Jizzax viloyati hududidagi suv yuzasining 176 ming gektarini 100 dan ziyod baliqchilik xo‘jaligi ijaraga olgan. Yiliga o‘rtacha 7-8 ming tonna baliq ovlanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzax kollejlaridan birida 2017-2018 o‘quv yilidan boshlab baliqchilik yo‘nalishi ochiladi