7 965
Qadimiy va tilla tangalarning respublikamiz hududidan chet davlatga olib ketilishining oldi olindi
Davlat bojxona qo‘mitasi xodimlari tomonidan qadimiy va tilla tangalarning yurtimiz hududidan xorijiy davlatlarga olib chiqilishining oldi olindi.
Qo‘mitaning axborot xizmati xabar berishicha, yaqinda “Qoraqalpog‘iston” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari “Toshkent-Saratov” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan yo‘lovchi poezdini bojxona ko‘rigidan o‘tkazishganda, vagonlardan biridagi samovar ostiga polietelin paketga o‘ralgan holda 51 dona tilla tangalar yashirilganini fosh etishdi.
Ekspertlarning xulosasiga ko‘ra, XIX asr oxiri XX asr boshlarida Chor Rossiyasida muomalada bo‘lgan mazkur tilla tangalarining umumiy bahosi 81 mln. so‘mni tashkil qilar ekan.
“Dovut-ota” chegara-bojxona posti xodimlari esa yengil avtomashinada qo‘shni davlatga yo‘l olgan fuqaro E.Xudoyberganovning qing‘ir qilmishlariga chek qo‘yishdi. Qarang-ki, ushbu shaxs ham 17 dona qadimiy tangalarni yashirin yo‘llar bilan olib chiqib ketishga uringan ekan.
Surxondaryo viloyati “Boldir” chegara bojxona posti xodimlari esa respublikamiz orqali Rossiya Federasiyasiga ketayotgan qo‘shni davlat fuqarosi G.Safarning qing‘ir qilmishlarini fosh etishdi. Ushbu shaxs 12 dona qadimiy tangalarni bojxona nazoratidan yashirincha olib o‘tishda maqsadida, ko‘ylagi orasiga qadab qo‘ygan ekan. Ammo, nazorat-rentgen apparati orqali bojxona ko‘rigidan o‘tkazish chog‘ida qo‘shtirnoq ichidagi qimmatbaho ko‘ylak fosh etildi.
Surxondaryo viloyati badiiy ekspertiza bo‘limining xulosasiga ko‘ra qoidabuzar ayoldan daliliy ashyo sifatida olingan 12 dona qadimiy tangalar XVIII-XIX asrlarga oid bo‘lib, ularning umumiy qiymati 22 mln. so‘mga baholandi. Tangalar sud qaroriga asosan Surxondaryo viloyati arxeologiya muzeyi fondiga topshirildi.
Samarqand xalqaro aeroportida esa Qozon shahriga parvozi oldidan fuqaro D.Ismatova bojxonachilar qarshisida er chizib qoldi. Ushbu ayol yo‘lovchi bojxona deklarasiyasida va bojxona xodimining og‘zaki so‘rovi paytida ma’ulm qilmasdan turib, XVII-XVIII asrlarda zarb qilingan 2 dona tarixiy tangalarni yashirincha olib chiqishga uringan ekan.
Navoiy xalqaro aeroportida esa “Navoiy-Moskva” yo‘nalishidagi reys bilan uchib ketayotgan fuqaro G.Melnikovaning qo‘l yuki va bagajlari xolislar ishtirokida bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, ushbu ayol ham yo‘lovchi bojxona deklarasiyasida ko‘rsatilmagan va bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan jami 110 dona qadimiy tangalarning olib chiqib ketayotganligi aniqlandi.
XIX-XX asrlarda bir qator Evropa va Arab mamlakatlarida muomalada bo‘lgan ushbu tarixiy tangalar endilikda Navoiy viloyat tarixiy-o‘lkashunoslik muzeyi fondiga topshiriladi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv jarayonlari davom ettirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, madaniy boyliklarning O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqilishi yoki vaqtincha olib chiqilishi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan beriladigan sertifikatlar asosida amalga oshiriladi.
Amaldagi tartiblarga muvofiq, tarixiy tangalar madaniy boyliklar toifasiga kiradi. 50 yil muqaddam va undan ham oldinroq yaratilgan madaniy boyliklarning O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqib ketilishi mumkin emas.
Davlat bojxona qo‘mitasi Axborot xizmati “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...