
Doniyor Abdulov hozir 33 yoshda. Ikki yil oldin vrachlar unga juda kam uchraydigan yurak kasaliga chalinganini aytishgan va shunday xavfli xastalik bilan 31 yoshgacha yashaganini ko‘rib hayratdan yoqa ushlashgan. Shu bilan birga ular Doniyor nari borsa bir yil yashashi mumkinligini taxmin qilishgan. Mutaxassislarning gapiga ko‘ra, bu Emeri Dreyfus xastaligi bo‘lib, bemor juda ko‘p yashasa 27-28 yil umr ko‘ra olarkan.
Xullas, o‘shandayoq Doniyorga yangi yurak o‘rnatishdi. Qarabsizki, juda tez fursatda u barcha zararli odatlarni tashladi. Umuman asabiylashmay qo‘ydi. Asabiylashgan, bir-biri bilan o‘lib-tolib janjal qilayotganlarga maslahat berib, bu janjallar odamning bir marotaba to‘yib nafas olishi oldida bir pul ekanligini ta’kidladi.
— Men odamlarga shuni maslahat berardimki, — deydi Doniyor. — Olamdan o‘tgach, donorlik qilishga o‘rganishsa. Shunda ularning tana a’zolari qaysidir og‘ir bemorni hayotga qaytarishi mumkin. Savobning bundan kattasi bo‘lmasa kerak…
Ayni kunda Doniyor tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqda. Vrachlar aytishganki, u yangi yurak bilan kamida 50 yoshgacha yashaydi.
Manba: hordiq.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar