15:59 / 08.07.2017
6 987

Mingbuloq neft konida yangi qidiruv qudug‘i ishga tushirildi

Mingbuloq neft konida yangi qidiruv qudug‘i ishga tushirildi
Davlat rahbari Mingbuloq tumanidagi mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Mingbuloqneft” O‘zbekiston – Xitoy qo‘shma korxonasiga tashrif buyurdi.

“Mingbuloq konida qidiruv va qazib olish” loyihasi uzoq istiqbolga mo‘ljallangan keng ko‘lamli loyihadir. Loyiha doirasida 4 qidiruv-burg‘ilash qudug‘i ishga tushiriladi va 4 mavjud quduq kapital ta’mirlanadi.

Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil Davlat investisiya dasturining manzilli ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, ayni paytda bosh pudratchi – “Xibu Duolling Engineering” kompaniyasi burg‘ilash maydoni va vaxta qarorgohidagi tayyorgarlik ishlari yakuniga etkazildi. Joriy yilda Mingbuloq neft koni ma’muriy binosini ta’mirlash, M15 qidiruv-burg‘ilash qudug‘ini ishga tushirish va boshqa tadbirlarni amalga oshirish uchun Xitoy moliya-tijorat institutlari kiritadigan 15 million dollarga teng sarmoya o‘zlashtirilishi ko‘zda tutilgan.

Yaqinda bu erda M15 qidiruv qudug‘i ishga tushirildi. Quduqda burg‘ilash ishlari katta – 6 ming metrgacha chuqurlik, anomal bosim – 1200 atmosfera bosimi va kollektorlarning geologik murakkab tuzilishi sharoitida olib borilishi eng zamonaviy muhandislik echimlarini taqozo etadi. 25 yilga mo‘ljallangan va umumiy qiymati 255 million dollardan ortiq bo‘lgan ushbu loyiha natijasida Mingbuloq neft konidan yiliga 200 ming tonna suyuq uglevodorod qazib olish rejalashtirilgan.

M15 qidiruv-burg‘ilash qudug‘ining ishga tushirilishi bilan 130 dan ziyod ish o‘rni yaratildi.

Prezident ushbu korxona mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirishda muhim o‘rin tutishini ta’kidladi. Quruvchilar va xitoylik mutaxassislar bilan suhbatlashdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mingbuloq neft konida yangi qidiruv qudug‘i ishga tushirildi