
Mashhur yurak jarrohi avtomobilining matorini ko‘rsatish uchun mexanikning ustaxonasiga olib keldi. Mexanik usta avtomobil matorini ochib ta’mirlashni boshladi, yaroqsiz bo‘lib qolgan ayrim ehtiyot qismlarini olib, yangisini o‘rnatdi. Usta jarrohga qarab: “Mumkin bo‘lsa sizga bitta savol bersam, maylimi?”, deb qoldi.
Jarroh ozgina hayron bo‘lib: “Mayli so‘rang!”, dedi. Mexanik: “Siz yuraklar ustida amaliyot olib borasiz. Men ham avtomobillarning “yuragini” (ya’ni motorini) ochaman, xuddi siz kabi kasalini topib isloh qilaman. Kasbimizning mohiyati bir-biriga juda yaqin.
Lekin ayting-chi nima uchun oladigan ish haqimiz keskin farq qiladi? Operasiyangiz uchun juda ko‘p pul olasiz, sizga nisbatan bizga juda kam pul to‘lanadi. Sababi nima?” dedi.
Jarroh mexanikning oldiga juda yaqin kelib, uning qulog‘iga eng past ovozda, deyarli shivirlagan holda: “Agar qo‘lingdan kelsa, avtomobilni o‘chirmasdan matorini ta’mirlab ko‘r-chi!?”, — dedi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar