07:25 / 09.07.2017
8 596

Qobil qori Odiljon o‘g‘li: “Oyoq bosish bilan inson taqdiri o‘zgarib ketmaydi”

Qobil qori Odiljon o‘g‘li: “Oyoq bosish bilan inson taqdiri o‘zgarib ketmaydi”
Bugun O‘zbekistonda o‘tayotgan zamonaviy to‘y-hashamlar, sir emaski, o‘ta dabdaba va hashamat bilan o‘tkazilmoqda. Buning ustiga bu marosimlarga bid’at amallar ham aralashib qolmoqda-ki, bu kishi ko‘nglini xira qiladi. Aynan mana shu holatlar, bu ishlarning ziyoni va oldini olish choralari haqida Toshkent shahridagi "Kamoliddin Orif – Al Buxoriy" jome masjidi diniy xodimi Qobil qori Odiljon o‘g‘li bilan suhbatlashildi.

Bid’at so‘zi “yangilik paydo qilish”, degan ma’noni anglatadi. Ya’ni shariatda, hadisda va oyatda yo‘q amallarni inson hayotiga olib kirish va uni singdirish bid’at amallar deyiladi. Bu, aksari holatlarda, bizning to‘y marosimlarimizda uchrab turibdi, - dedi Qobil qori Odiljon o‘g‘li.

Nikoh to‘yi boshqa marosimlarga qaraganda inson hayotida alohida o‘rin tutadi. Bu kunlar hammaga ham nasib etavermaydi. Mana shu bazmda bizda yaxshi odat bor: kuyov va kelin haqiga hoji ota-hoji onalardan duo talab qilishadi. Ammo ayrim bid’at amallarning qilinishi mutlaqo noto‘g‘ridir. Kuyovlarimiz ayrim ilmsiz kuyovjo‘ralarning, kelinlarimiz esa ilmsiz yangalarining gaplariga quloq osib, bida’at amallarga qo‘l urib qo‘yishmoqda. Toshkentdagi nikoh bazmlariga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, kelinni mashinadan tushirayotgan vaqt unga kuyovning oyog‘ini, kuyov tomoni esa kelinning oyog‘ini birinchi bosishga undashadi. Bunga sabab kim birinchi oyoqni bossa o‘sha oilada peshqadam, rahbar bo‘ladi, degan xurofiy tushunchaning borligidadir.

Alloh o‘zining kalomi Qur’oni karimda: “Erkak kishi oilada rahbar”, deb marhamat qilgan. Oilada kimning ustunligini Alloh o‘z kitobida belgilab qo‘ygan. Bitta oyoq bosish bilan insonning taqdiri o‘zgarib ketmaydi. Bida’tlarga misollar ko‘p, masalan, kelin va kuyov go‘shangaga kirgach, ularning oldiga Qur’on va oyna olib kirib, ularga qarab niyat qilinglar deyiladi. Bu ham birorta e’tiborli kitobda ta’kidlangan amal emas, - deb ta’kidladi suhbatdoshimiz.

U kishining ta’kidlashicha, bunday marosimlarda yaxshi niyatlar, Yaratganga chin duolar qilinadi. Chunki bu duolarda hikmat juda ko‘p, ularning qabul bo‘lishi esa ulkan yaxshilikdir.

Qobil qori Odiljon o‘g‘li bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda bid’atlarning viloyat tomonlarda urchigan turlari, ularning nechog‘li keraksiz amallar ekanligi, bu insonni gunohkor etib, ertaga oiladan yaxshilik va barakani ketgazishi mumkinligi haqida ham fikr yuritildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qobil qori Odiljon o‘g‘li: “Oyoq bosish bilan inson taqdiri o‘zgarib ketmaydi”