Tailand qirolligining Phuket viloyatida qalbaki dollar banknotlarini Tailand bati va Malayziya ringgitiga ayirboshlashga uringan o‘zbekistonlik polisiya tomonidan hibsga olindi, deya xabar bermoqda Sof.uz nashri.
27 yoshli Boboyev G‘olibjon Obidovich 3 iyul kuni Phuket viloyatidagi Ravay dam olish maskanida joylashgan valyuta ayirboshlash idorasida 1700 dollarni almashtirish uchun topshirgan. Pullarning haqiqiyligidan shubhalangan valyuta ayirboshlash idorasi rahbari esa darrov polisiyani chaqirgan.
O‘zbekistonlik sayyoh voqea joyida qo‘lga olingan. U almashtirmoqchi bo‘lgan kupyuralardan 900 dollari qalbakiligi aniqlangan. G‘olibjon Boboyevni tergov qilgan polisiya uning ko‘rsatmasi to‘g‘riligiga shubha qilmoqda.
Pulni qalbakilashtirishda gumon qilingan o‘zbekistonlik pullarini Bangkokdagi bank filialida naqdlashtirib olganini aytgan. Bank xodimlari unga pulni ayirboshlash uchun naqd Tailand valyutasi yo‘qligini bahona qilib, AQSh dollarini taqdim qilishgan.Uning aytishicha, banknotalar haqiqiy bo‘lib, bankomatdagi pul o‘tkazish jarayonida shikastlangan bo‘lishi mumkin.
Polisiya vakili podpolkovnik Yokin Jankongning aytishicha, O‘zbekiston fuqarosi tergovda ushlab turilibdi. G‘olibjon Boboyev Tailandga sayyoh sifatida borgan bo‘lib, u erda 15 kun qolishni rejalashtirgan. U Tailandga 1 iyul kuni Malayziyadan kelgani aniqlangan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...