
Yunusobod tumanida 5 iyul kuni ikkita fohishaxona saqlash holati aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, shu kuni taxminan soat 12:00larda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Mamadjanov Aziz Laziz o‘g‘li, Yunusobod tumani, A.Yugnakiy ko‘chasi, 9-uy, 44-xonadonda fohishaxona saqlab, 30.000 so‘m pul evaziga fuqaro «S» va «X» larga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan.
Shuningdek, 5 iyul kuni taxminan soat 21:40larda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Xadjaeva Feruza Tuzelovna, Yunusobod tumani, 8-mavze, 36-uy, 48-xonadonda fohishaxona saqlab, 50.000 so‘m pul evaziga fuqaro «T» va «Sh» larga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan.
Xabar berishlaricha, har ikki holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 131-moddasi 2-qismi («fohishaxona saqlash») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar