15:33 / 10.07.2017
7 146

Xitoydan Toshkentga qariyb 2 million dollarga teng tovarlar kelmoqda

Xitoydan Toshkentga qariyb 2 million dollarga teng tovarlar kelmoqda
Xitoy-Evropa temir yo‘lida yuk tashish loyihasi doirasida yangi yo‘nalish ochildi. Sharqiy Xitoyning Szyansi provinsiyasidan O‘zbekistonga qatnovchi temir yo‘l ishga tushdi. Bu haqda “Qalampir.uz” nashri xabar tarqatdi.

Qiymati 1,8 million dollarga teng temir g‘altak, kiyim-kechak va boshqa kundalik iste’mol tovarlari ortilgan poezd 7 iyul kuni Guanjou shahridan yo‘lga chiqdi. Poezd masofani 12 kunda bosib o‘tib, keyin Toshkentga etib kelishi kutilmoqda.

2011 yil avgustda Chunsin-Duysburg yo‘nalishidagi qatnov yo‘lga qo‘yilganidan so‘ng, Xitoy va Evropa hamda Markaziy Osiyo o‘rtasida 4000 dan ortiq yuk tashuvchi poezdlar qatnovi amalga oshirildi.

Ayni vaqtda yuk tashuvchi temir yo‘l Xitoyning 28 ta shahrini 11 ta Evropa davlatining 29 ta shahri bilan bog‘lab turibdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xitoydan Toshkentga qariyb 2 million dollarga teng tovarlar kelmoqda