17:01 / 10.07.2017
6 948

Chilonzorda sodir etilgan bosqinchilik jinoyati fosh etildi

Chilonzorda sodir etilgan bosqinchilik jinoyati fosh etildi
2017 yilning 6 iyun kuni taxminan soat 14:00larda, noma’lum shaxslar, bosqinchilik yo‘li bilan o‘zganing mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida, Chilonzor tumani hududida, fuqaro Bekmuradov Davron Mamatkarimovichni pichoq bilan qo‘rqitib, unga tegishli bo‘lgan 8.370.000 so‘m pullarini egallab olib, jinoyat joyidan yashiringanlar.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 164-moddasi 2-qismi “a,b” bandlari (bosqinchilik, ya’ni bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, qurol sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan narsalarni ishlatib, o‘zganing mulkini talon-toroj qilish maqsadida hujum qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov- tezkor tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni muqaddam sudlangan Rashidov Abduvoxid Abdujalilovich, Xadarsev Soslan Vladimirovich va Sa’dullaev Murodjon Dilmurod o‘g‘li sodir etganliklari aniqlangan.

A.A.Rashidov va S.V.Xadarsevlarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan. M.D.Sa’dullaevni ushlashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorliklari tekshirilmoqda.

Jabrlanuvchining anketa ma’lumotlari o‘zgartirilgan bo‘lib, familiyasi va ismining har qanday o‘xshashligi tasodifiy xarakterga ega.


Manba: guvd.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Chilonzorda sodir etilgan bosqinchilik jinoyati fosh etildi