23:07 / 10.07.2017
6 563

11 nafar farzandi bor toshkentlik ayol oilasining baxt siri haqida so‘zlab berdi

11 nafar farzandi bor toshkentlik ayol oilasining baxt siri haqida so‘zlab berdi
Hayotda shunday taqdirlar uchraydiki, ular millatidan, e’tiqodidan va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar kishilarga o‘rnak bo‘lishadi. Ular yashayotgan umr ko‘pchilik uchun hayratlanarli tuyulsa-da, ammo haqiqat go‘yo mana shu taqdirlar yordamida o‘z aksini ko‘rsatgandek bo‘ladi.

Kuni kecha saytimiz orqali e’lon qilingan Duginlar oilasida mana shunday taqdir egalari istiqomat qiladi. Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani, Mirzo Ulug‘bek shaharchasida umrguzaronlik qilayotgan mazkur oilada 11 nafar farzand ulg‘aymoqda. Ular 7 qiz va 4 o‘g‘il. Birinchi farzand 12 yoshda bo‘lsa, kenjatoy hali 1 yoshga ham to‘lmagan. Ayolning to‘ng‘ichi 2004 yilda, ikkinchi farzandi 2005 yili, uchinchisi esa 2006 yilda, barchalari noyabr oyining 18-sanasida tug‘ilgan. Ella Duginaning turmush o‘rtog‘i xizmat safari bilan Rossiyaga ketgan. Qaynotasi esa qorovul bo‘lib ishlaydi.

39 yashar oila bekasi Ella Dugina o‘z hayoti haqida gapirar ekan shunday deydi: “Biz turmush o‘rtog‘im bilan besh yil ko‘p qavatli uyda yashadik. Bu orada birin-ketin bolalarimiz dunyoga keldi. Shunda turmush o‘rtog‘im hovli sotib olishni qasd qildi. Bunga sabab u farzandlarimizni erda mehnat qilib, qattiq ishlarga chiniqib, haqiqiy mehnatsevar insonlar bo‘lib etishishlarini istashligida edi”.

Ella Duginaning so‘zlaridan, uning hayotdan rozi, oilasini qattiq sevishi, ko‘ngli pok inson ekanligini shundoqqina bilinib turar edi. Na shikoyatni, na biror joyga yordam so‘rab borishni va na norozilikni bilmagan bu ayol hayotdan ham, jamiyatdan ham rozi. Endi aytingchi, mana shu taqdir har narsadan noliydigan, shukrni bilmaydigan, doim qo‘rquv va vahimada yuradigan, tirnoq ostidan kir qidiradigan odamlarga o‘rnak bo‘la olmaydimi?

Kun.uz tahririyati ijodiy jamoasi Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi, shuningdek, Prezident devoni xodimlari bilan mazkur xonadonda bo‘ldi. Oiladagi bolajonlarga turli sovg‘a-salomlar ulashildi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 11 nafar farzandi bor toshkentlik ayol oilasining baxt siri haqida so‘zlab berdi