17:02 / 15.07.2017
5 392

Prezident: Biz — xalqqa xizmatkormiz

Prezident: Biz — xalqqa xizmatkormiz
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida parlament palatalari, siyosiy partiyalar, O‘zbekiston Ekologik harakati, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari faoliyatining tahlili hamda istiqboldagi vazifalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ma’ruza qildi. Uning aytishicha, «Parlament nazorati to‘g‘risida”gi qonunga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish lozim.

Shu bilan birga, Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya kabi rivojlangan davlatlar tajribasi asosida Qonunchilik palatasida “Hukumat soati” institutini joriy etish ayni muddao bo‘lar edi. Shu tariqa yil boshida tasdiqlanadigan rejaga muvofiq har oyda hukumat a’zolarining hisoboti eshitiladi va shu bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilinadi.

“Oliy Majlis Senatida esa barcha darajadagi hokimlarning hududlarni rivojlantirish borasidagi faoliyati haqida hisobotlarni eshitish amaliyotini yo‘lga qo‘yishni taklif etaman. Albatta, bu qonun ishlaydi, biz qaror qabul qilamiz, lekin vazirlarni ham, Bosh vazir o‘rinbosarlarini ham, tuman hokimini ham so‘rovi uchun bilim bo‘lish kerak. Qonun bo‘lishi kerak. Juda ko‘p tayyorgarlik qilishlaringiz kerak. Bir-birovimizga biz qandaydir ko‘makdosh, elkadosh bo‘lamiz. Ish jarayonimizda baribir o‘zgarish bo‘ladi, agar shu ishni haqiqatdan amaliy byurokratiya qilmasdan, to‘g‘ri tashkil qila olsak. Kim biz: Xalqqa xizmatkormiz. Shu xizmatni halol, pok, adolatli amalga oshira olamizmi, yo‘qmi?”, — dedi Prezident.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident: Biz — xalqqa xizmatkormiz