17:01 / 15.07.2017
8 049

Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti xodimi pora olayotganda qo‘lga tushdi

Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti xodimi pora olayotganda qo‘lga tushdi
Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti Axborot resurslari markazi etakchi mutaxassisi Xasanov Furqat fuqaro Esonov Abdumalik(anketa ma’lumotlari o‘zgartirilgan)ni institutga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, buning uchun undan 8 000 AQSh dollari miqdorida pul talab qilgan. 12 iyul kuni Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan Yakkasaroy tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida OTM xodimi pulni olayotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan prokuratura idoralari tomonidan JKning 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik, ya’ni ancha miqdorda, o‘zganing mulkini aldash va ishonchni suiste’mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritish) va 28, 211-moddasi 1-qismi (pora berishga dalolatchilik qilish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda, deb xabar beradi IIBB matbuot xizmati.

Oliygohga o‘qishga kirish qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Shuningdek, buning uchun pora bergan shaxslar ham O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoiy javobgarlikka tortilishlari belgilangan, deya ogohlantiradi boshqarma o‘z xabarida.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti xodimi pora olayotganda qo‘lga tushdi