date
views 9 222

Sergelida mudhish YTH ro‘y berdi

Sergelida mudhish YTH ro‘y berdi
16 iyul tongida, taxminan soat 5:00da Toshkent shahrining Sergeli tumani hududida fojia ro‘y berdi.

Facebook’dagi «Voditeli Tashkenta» guruhida berilgan fotoxabarga ko‘ra, katta tezlikda harakatlangan «Spark» rusumli halokatga uchragan va avtomobil tanib bo‘lmas holatga kelgan. Avtomobil ichidagi 3 kishi voqea joyida halok bo‘lgan.

Hodisa qanday yuz bergani noma’lum. Jabrlanuvchilar haqida ma’lumotlar yo‘q. Tegishli organlar hodisa yuzasidan hozircha rasmiy axborot bermadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sergelida mudhish YTH ro‘y berdi