13:50 / 18.07.2017
10 282

Lisey va kollejlarga 9-sinf bitiruvchilarining 74 foizi hujjat topshirib bo‘ldi

Lisey va kollejlarga 9-sinf bitiruvchilarining 74 foizi hujjat topshirib bo‘ldi
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassalariga qabul Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2 maydagi “2017-2018 o‘quv yilida o‘rta maxsus, kasb-qunar ta’limi muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida”gi qarori asosida tashkil etilmoqda, deb yozadi Qalampir.uz sayti.

Qarorga muvofiq, joriy yilda maktablarni tamomlayotgan 467 ming 19 nafar 9-sinf bitiruvchisidan 25 ming 72 nafari (5,4%)ni akademik liseylarga va qolgan 441 ming 947 nafarini (94,6%) kasb-qunar kollejlariga qamrab olish rejalashtirilgan.

Bu yildan Toshkent shahri va Andijon viloyatida 1 tadan, Samarqand viloyatida 2 ta akademik lisey tugatildi va 18 ta akademik lisey kasb-hunar kollejiga aylantirildi. Endilikda akademik liseylarda o‘quv guruhlari 26 nafar o‘quvchidan iborat bo‘ladi.

Joriy yilning 13 iyul holatiga ko‘ra, akademik lisey va kasb-hunar kollejlariga umumta’lim maktablarining 346 468 nafar 9-sinf bitiruvchisi hujjat topshirib bo‘lgan. Bu joriy o‘quv yilida umumta’lim maktablarini tamomlagan 467 019 nafar bitiruvchining 74 foizini tashkil etadi.

Aniqlik kiritilishicha, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimiga hujjat topshirgan o‘quvchilarning 27 368 nafari akademik liseylarga va 319 100 nafari kasb-hunar kollejlariga hujjat topshirgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Lisey va kollejlarga 9-sinf bitiruvchilarining 74 foizi hujjat topshirib bo‘ldi