O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21 iyul kuni Angren shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zA xabar bergan.
«Toshkent viloyatida kimyo sanoati, neft-kimyo, qora va rangli metallurgiya, elektrotexnika, mashinasozlik va metallni qayta ishlash kabi zamonaviy sanoat tarmoqlari yaxshi rivojlangan.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 2012 yil 13 apreldagi farmoniga muvofiq tashkil etilgan “Angren” maxsus industrial zonasi bu boradagi salohiyatdan to‘la foydalanish, yuqori texnologiyali yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishda muhim omil bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2016 yil 26 oktyabrdagi farmoniga muvofiq ushbu hudud «Angren» erkin iqtisodiy zonasi, deb ataldi, imkoniyatlari va imtiyozlari kengaytirildi», deyilgan xabarda.
Shavkat Mirziyoyev 2016 yil 20 sentyabr kuni Angren shahriga tashrif buyurib, ushbu zonada amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, yirik investisiya loyihalari bilan tanishgan edi.
Ulardan biri konveyer lentalari, qishloq xo‘jaligi texnikasi va avtomobil shinalari ishlab chiqarish loyihasidir. Loyihaga ko‘ra yiliga 100 ming pogon metr konveyer lentasi, 200 mingta qishloq xo‘jaligi texnikasi shinasi, 3 million dona avtomobil shinasi ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
Prezident mazkur loyiha ijrosining borishi bilan tanishdi.
Konveyer lentasi va shinalar sanoat, qishloq xo‘jaligi, umuman, odamlar hayoti uchun eng zarur mahsulotlardan hisoblanadi. Ular xorijdan olib kelinmoqda. Bu tovarlarni mamlakatimizda ishlab chiqarish import o‘rnini to‘ldirish, valyuta mablag‘larini tejash, shu bilan birga, eksportdan foyda topish imkonini beradi.
«Bu zavod mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun juda muhim ahamiyatga ega. Bu erda jahon standartlariga mos, yuqori sifat va keng nomenklaturadagi mahsulotlar ishlab chiqariladi. Odamlar barqaror daromad manbaiga ega bo‘ladi, hayotdan rozi bo‘lib yashaydi», degan prezident.
Zavod ishga tushgach 1 ming 200 ga yaqin kishi ish bilan ta’minlanadi. Yoshlar zamonaviy texnologiyalarni egallab, malakali kadr bo‘lib shakllanadi. Hozirgacha 68 mutaxassis Xitoyda malaka oshirib qaytdi.
Davlat rahbari korxona uchun mutaxassislarni aniq, manzilli asosda tayyorlash, xomashyoni mahalliylashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Xitoyning «Poli teknoloji» kompaniyasi bilan hamkorlikni kengaytirish, xususan, yangi imkoniyatlarni kashf etish, ishlab chiqarish va qayta ishlashni chuqurlashtirish bo‘yicha «O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik kompaniyasi bilan 10 yillik strategiya ishlab chiqish zarurligini ta’kidladi.
Bugungi kunda zavodda qurilish-montaj ishlari jadal davom etmoqda. Rejaga ko‘ra, joriy yilning 1 sentyabr kuni korxonada birinchi shina ishlab chiqariladi.
Shu erda qurilish materiallari, avtomobilsozlik, elektr texnikasi va neft-kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish, «Angren» erkin iqtisodiy zonasida istiqbolli loyiahalarni amalga oshirish, Toshkent viloyatidagi bo‘sh turgan binolardan samarali foydalanish borasidagi ishlar haqida ma’lumot berildi.
Prezident bu loyihalarning iqtisodiy samaradorligiga e’tibor qaratdi, xomashyosi va bozorini surishtirdi. Korxonalarning oyoqqa turib olishiga ko‘maklashish, energiya sarfini kamaytirish orqali mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish, odamlarni ish bilan ta’minlash muhimligini ta’kidladi.
Prezident xorijlik investorlar bilan suhbatlashdi.
Shu erda «Angren» erkin iqtisodiy zonasidagi korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlardan namunalar namoyish etildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi