22:03 / 21.07.2017
8 102

Mirziyoyev Toshkent viloyatidagi ikki tuman hokimini va yana bir qancha amaldorlarni ishdan oldi

Mirziyoyev Toshkent viloyatidagi ikki tuman hokimini va yana bir qancha amaldorlarni ishdan oldi
Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatiga safari vaqtida bir qator amaldorlarni ishdan bo‘shatdi.

To‘ytepa shahrida joylashgan Toshkent viloyati hokimligi binosida Shavkat Mirziyoyev raisligida viloyat faollari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda davlat rahbari tumanlarda kommunal sohalardagi muammolar to‘planib qolganiga e’tibor qaratdi.

«Kun.uz» manbasi xabar qilishicha, Angren va Ohangaron hokimlari Ibrohim Rahmonov va Rustam Ubaydullaev lavozimini tark etdi.

Markaziy bankning Toshkent viloyati bosh boshqarmasi Baxtiyor Otamurodov va viloyat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi rahbari Botir Ahmedov ham ishdan ketgan.

Shuningdek, prezident davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi viloyat bo‘limi rahbarini, O‘rta Chirchiq va Pskent tumanlarida prokurorlar va IIV boshliqlarini lavozimdan ozod etgan.

Amaldorlar beparvoligi, mas’uliyatsizligi va ishga sovuqqonlik bilan qarashi sabab ishdan bo‘shatildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mirziyoyev Toshkent viloyatidagi ikki tuman hokimini va yana bir qancha amaldorlarni ishdan oldi