
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sochidagi «Sirius» ta’lim markazi tarbiyalanuvchilari bilan uchrashuvda o‘z hayotidagi asosiy uch qadrli narsa haqida aytib o‘tdi, deb yozdi Kun.uz nashri.
«Birinchisi — hayotning o‘zi. Bu eng katta boylik. Keyingilari — sevgi va ozodlik», — degan prezident.
U o‘zi sanagan qadriyatlarning har biri uchun traktatlar yozish mumkinligi, ular haqida cheksiz o‘ylash mumkinligini qo‘shimcha qilgan.
Avvalroq Putin razvedka maktabidagi laqabi va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi haqida ma’lumot bergani xabar qilingandi. U shuningdek, 2018 yilgi saylovlarda ishtirok etish bo‘yicha qarorni hali qabul qilmaganini bildirib o‘tdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar