10:07 / 22.07.2017
6 561

Rossiya mutaxassislari dunyoda birinchi bo‘lib so‘qirning ko‘zini ochishdi...

Rossiya mutaxassislari dunyoda birinchi bo‘lib so‘qirning ko‘zini ochishdi...
Professor Xristo Taxchidi etakchiligidagi Rossiya mutaxassislari bionik ko‘z o‘rnatish natijasida chelyabinsklik 59 yoshli so‘qirning ko‘zini ochishdi. Bemor ko‘z kasalligi tufayli ko‘rish qobiliyatini butkul yo‘qotgandi.

Jarrohlik amaliyoti to‘rt soat davom etdi.
Endi masalaning texnik jihatlariga to‘xtalsak.

Bionik ko‘z videokameraga ega ko‘zoynaklar jamlanmasidan tashkil topgan. Shu bilan birga jamlanmaga signalni qayta ishlovchi blok, elektrostimulyator o‘rnatilgan. Kamera atrofni suratga oladi, keyin simsiz aloqa yordamida signalni implantatga etkazib beradi.

Implantat elektr impulslar yaratib, ularni ko‘zga etkazadi. Shuning natijasida bionik ko‘z dunyoni ko‘ra boshlaydi.
Mutaxassislar ushbu harakatni oftalmologiya sohasidagi inqilob deb atashmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rossiya mutaxassislari dunyoda birinchi bo‘lib so‘qirning ko‘zini ochishdi...