10:19 / 23.07.2017
5 028

Penza qamoqxonasidan qochgan o‘zbekistonlik ushlandi

Penza qamoqxonasidan qochgan o‘zbekistonlik ushlandi
Rossiya polisiyasi tezkor xodimlari O‘zbekiston fuqarosi Shavkat Ne’matovni qo‘lga olishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Kun.uz RIA Novostiga asoslangan holda. Ne’matov Penza viloyatidagi axloq tuzatish koloniyasidan qochgan edi.

Avvalroq, Jinoiy jazolarni o‘tash federal xizmati mintaqaviy boshqarmasi (UFSIN) qotillik va bosqinchilik uchun qamalgan 27 yoshli Ne’matov 21 iyul kuni Penzadagi IK-4 qamoqxonasidan qochgani haqida xabar qilgan. U nazorat-o‘tkazuv punktidan soxta hujjatni ko‘rsatib o‘tgani ta’kidlangan. Tezkor xodimlar qochqinni qidirish bo‘yicha zudlik bilan ishlarni boshlab yuborgan. Tergov qo‘mitasi esa qamoqxona xodimlarining mas’uliyatsizligi yuzasidan tekshiruv olib bormoqda.

Penza viloyati UFSIN ma’lumotlariga ko‘ra, Ne’matov bir necha soatdan keyin qo‘shni mintaqa, Ryazan viloyatida qo‘lga olingan. U taksida Moskvaga ketayotgan bo‘lgan.

Viloyat prokuraturasining aniqlik kiritishicha, Ne’matov qotillik va qurolli o‘g‘rilik uchun 13 yilga qattiq tartibli qamoq jazosiga mahkum etilgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Penza qamoqxonasidan qochgan o‘zbekistonlik ushlandi