16:07 / 25.07.2017
6 062

DTM tomonidan abiturientlarga maxsus ruxsatnomalar 29 iyuldan boshlab beriladi

DTM tomonidan abiturientlarga maxsus ruxsatnomalar 29 iyuldan boshlab beriladi
O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov raisligida umumiy videoselektor majlis bo‘lib o‘tmoqda.

Majlisda prezidentning «2017-18 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga qabul to‘g‘risida»gi qarori va «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarini isloh qilish va yanada rivojlantirish vazifalarini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida»gi qarori ijrosi bo‘yicha vaziyat muhokama etilmoqda.

Videoselektor majlisda barcha viloyatlar, tuman (shahar) hokimlari, ularning o‘rinbosarlari, ma’naviyat targ‘ibot markazi tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlari, tuman (shahar) ichki ishlar bo‘limlari boshliqlari, yoshlar ittifoqi tuman (shahar) kengashi raisi, «Mahalla» xayriya jamoat fondi tuman (shahar) bo‘limi raisi, tuman XTMFMT va TE bo‘lim mudiri, kasb-hunar kollej va akademik lisey hamda maktab direktorlari vakillari ishtirok etayapti.

Videoselektorda Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Turobjon Jo‘raev viloyatda test sinovlari o‘tkaziladigan 69 ta binoning barchasiga viloyat va tuman hokimliklaridan mas’ullar biriktirilgani haqida ma’lum qilgan. Ular binolar atrofini obodonlashtirib, ota-onalar uchun o‘rindiqlar tashkil etadi. Bundan tashqari, har bir hududda palov tayyorlanib, salqin ichimliklar va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari savdosi ham yo‘lga qo‘yilishi aytildi.

Kun.uz manbasi xabar berishicha, majlisda Abdulla Aripov Andijon viloyati haqida ham to‘xtalib o‘tgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Andijon tibbiyot instituti 1-videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlarni bajarmagan. Uning aytishicha, institut shu bugungi kunda qo‘shimcha 100 ta auditoriyani tayyorlashi lozim bo‘ladi. Viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonovning ma’lum qilishicha, bu yil OTMga qabul uchun test sinovlari o‘tkaziladigan 62 ta hudud, 70 dan ortiq binolari belgilandi. Test o‘tkaziladigan har bir ta’lim muassasasiga tegishli mutasaddilar biriktirilgan. Bundan tashqari, test o‘tkaziladigan bino va auditoriyalar o‘rganib chiqilib, barcha kamchiliklar bartaraf etilgan. Test sinovlarini o‘tkazish uchun viloyat bo‘yicha dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 7376 nafar bino, qavat va auditoriya rahbarlari hamda kuzatuvchilari ro‘yxatlari tayyorlanib, Davlat test markaziga taqdim etilgan. Bu yil 1222 nafar ichki ishlar idoralari xodimi, 75 nafar favqulodda vaziyatlar xodimi, 322 nafar DSE xodimi, 366 ta aloqa vositalari, 200 ta metall detektor, 125 ta avtotransport vositalari ajratilishi aytildi.

Aripovning majlisda aytishicha, Davlat test markazi tomonidan abiturientlarga maxsus ruxsatnomalar 29 iyuldan boshlab beriladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » DTM tomonidan abiturientlarga maxsus ruxsatnomalar 29 iyuldan boshlab beriladi