date

OAV: Tilanchilar O‘zbekistonni xorijliklar oldida uyatga qo‘ymoqda

OAV: Tilanchilar O‘zbekistonni xorijliklar oldida uyatga qo‘ymoqda

O‘zbekiston matbuotida yirik shaharlardagi chorrahalarda tilanchilik qilayotganlar haydovchilarni chalg‘itib, harakat xavfsizligiga tahdid solayotgani tanqid ostiga olindi.

“Oila va jamiyat” gazetasida yozilishicha, chorrahalarda tilanchilik qilayotganlarning aksariyati bolasini ko‘tarib yoki etaklab olgan ayollar hisoblanadi.

“Bilasiz, baribir bag‘rikeng xalqmiz, ko‘cha-ko‘ydami, qayerda bo‘lmasin, sadaqa so‘rab tursa befarq o‘tib ketolmaymiz. Bu kabi rahmdillik ba’zida turli halokatlarga ham sabab bo‘lishi mumkin” degan yo‘l patrul xizmati vakili Tojiboy Boqiboyev.

“Tinchlik” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Muxtor Zoirov esa tilanchilar mamlakatni chet elliklar oldida uyatga qo‘yotganini aytgan.

“Bunday paytda ko‘zga chiqqan chipqondek haligi holat ro‘y berib tursa uyat-da endi”, degan mahalla raisi.

Manba: Kun.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » OAV: Tilanchilar O‘zbekistonni xorijliklar oldida uyatga qo‘ymoqda