date
views 7 743

Olmazor tumanida yirik yong‘in yuz berdi

Olmazor tumanida yirik yong‘in yuz berdi
27 iyul kuni Olmazor tumani Bayroqtol ko‘chasi 102-uyda joylashgan "12-sonli Trest" MChJ Xo‘jalik hisobidagi mexanizasiyalashtirish boshqarmasining yoqilg‘i-moy mahsulotlarini saqlash shaxobchasida yong‘in kelib chiqqan, deb yozmoqda UZ24 sayti.

Toshkent shahar IIBB YoXBdan UZ24 ga ma’lum qilinishicha, hodisa haqida soat 10:31 da Markaziy dispetcherlik xizmatiga xabar kelib tushgan. Ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha soat 10:32 da 8 ta asosiy va 2 ta maxsus jangovor yong‘in o‘chirish bo‘linmalari etib kelgan. Tezkor harakatlar natijasida yong‘in yarim soat ichida to‘liq bartaraf qilingan.

Hodisa oqibatida 2 ta rezervuarlarda dizel yoqilg‘isi hamda 1 ta konteynerli avtomobillarga yoqilg‘i quyish stansiyasida AI-80 markali benzin yoqilg‘isi yongan.

Taxminlarga ko‘ra, yong‘in shaxobchadagi olovli-payvandlash ishlarini olib borishda yong‘in xavfsizligi qoidalari buzilishi natijasida sodir bo‘lgan. Alanga AYoQShdagi boshqa rezervuarlar va qo‘shni binolarga o‘tmagan.

Jabrlanganlar haqida ma’lumotlar yo‘q.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Olmazor tumanida yirik yong‘in yuz berdi