
Qozog‘istonda keyingi yillarda odam savdosining turli ko‘rinishlari bo‘yicha o‘nlab jinoiy ishlar qo‘zg‘atilmoqda. Yaqinda xuddi shunday jinoyatlardan biri sodir etildi. Ostona shahrida yashovchi yigit qiz bola (tergov manfaatlarini nazarda tutgan holda aybdor va jabrlanuvchining ismi-sharifi sir tutilgan) ni yaqin do‘stiga 50 ming tangaga sotib yubordi.
Surishtiruvlar paytida u go‘yo qiz bola intim xizmati ko‘rsatish bilan shug‘ullanib kelgani-yu, shu sababli do‘stini xursand qilmoqchi bo‘lganini ta’kidladi. Ammo sud bunday ayyorona usullarni tan olmaydi. Aniq faktlarga suyanadi. Qozog‘iston jinoyat majmuasining tegishli moddalariga binoan sud aybdorni 2 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etdi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar