19:04 / 28.07.2017
8 244

O‘zbekiston Turkiyadan nega zirhlangan mashinalarni xarid qilmoqda?

O‘zbekiston Turkiyadan nega zirhlangan mashinalarni xarid qilmoqda?
O‘zbekiston hukumati Turkiyadan bir partiya zirhlangan mashinalarni xarid qilishni rejalashtirmoqda, deb xabar qildi Sputnik muxbiri Mudofaa vazirligi matbuot-xizmatiga tayangan holda.

Ushbu kelishuv tafsilotlari Turkiya Mudofaa vaziri Nurettin Janikli boshchiligidagi delegasiya a’zolari bilan Toshkentda bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida muhokama qilingan.
"O‘zbekiston Nurol kompaniyasining EJDER 4x4 tipli yengil zirhlangan avtomobillarini xarid qilishni rejalashtirmoqda. O‘zbekiston tomon o‘z sharoitida 2017 yilning iyul oyida avtomobilni sinovdan o‘tkazdi va olingan natijalardan mamnun bo‘ldi. Ayni vaqtda respublika Mudofaa vazirligi ehtiyojlari uchun ushbu harbiy texnikadan o‘n dona xarid qilish masalasi ko‘rib chiqilmoqda", — deb ta’kidladi harbiy muassasa vakili.

Suhbatdoshning aytishicha, O‘zbekiston tomon Turkiya bilan harbiy-texnik hamkorlikni bundan keyin ham rivojlantirishga tayyor. Buning uchun ayni vaqtda O‘zbekiston hududida shu turdagi avtomobillarni ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil qilish va buning uchun Turkiya tomonning sarmoyalarini jalb qilish masalalari ko‘rib chiqilmoqda.

Qayd etish joizki, zirhlangan EJDER 4x4 avtomobili ikki nafar ekipaj uchun mo‘ljallangan bo‘lib sakkiz nafargacha desantlarni tashish imkoniga ega. Avtomobilga turli xildagi qurol-aslahalar o‘rnatilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston Turkiyadan nega zirhlangan mashinalarni xarid qilmoqda?