8 291
Plastik kartochka hisobida pul bo‘lmasa ham xaridni amalga oshirish imkoniyati yaratildi
Endilikda plastik kartochkalarda pul mablag‘i bo‘lmasa ham xaridni amalga oshirish imkoiniyati yaratildi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qarori bilan “Jismoniy shaxslarga bank plastik kartochkasi orqali overdraft krediti berish tartibi bo‘g‘risida”gi Nizomni tasdiqlandi. Bu haqda “Norma.uz” portali xabar berdi.
Overdraft krediti orqali bank plastik kartochkasida qolgan qoldiqdan ortiq miqdordagi mablag‘ni ishlatish imkoniyatini beradigan qisqa muddatli kreditlashdir. Bunday imkoniyatni qo‘lga kiritish uchun bank va jismoniy shaxs o‘rtasida overdraft shartnomasi tuzilishi lozim.
Mazkur kredit qaytarishlik, to‘lash, muddatlilik va ta’minlanganlik sharti bilan beriladi.
Jismoniy shaxs, ya’ni mijoz bank bilan overdraft shartnomasini imzolashi uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:
1. Overdraft olishga buyurtmanoma
2. Pasport nusxasi
3. Daromadi to‘g‘risida ma’lumotnoma.
Bank uch kun ichida hujjatlarni tekshirib, overdraft shartnomasini imzolash yoki rad qilish borasida qaror chiqaradi. Agar kredit berish rad etilsa, mijozga yozma xabarnoma jo‘natiladi.
Overdraft ariza beruvchi o‘rtacha daromadining (oylik ish haqining, pensiyaning) 3 barobarigacha bo‘lgan miqdorda 12 oygacha bo‘lgan muddatga qayta tiklanadigan (revolver) shaklda, overdraft shartnomasiga ilova qilingan jadvalga muvofiq bosqichma-bosqich qaytarish sharti bilan beriladi.
Kreditning yillik foiz stavkasi miqdori shartnoma asosida belgilanadi. Foiz mijoz tomonidan ishlatilgan mablag‘ uchun hisoblanadi.
Kreditni qaytarish ish haqi, pensiya yoki boshqa mablag‘larni bank plastik kartochkasiga kirim qilish orqali qaytariladi. Agar kredit foiz miqdori o‘z vaqtida to‘lanmasa, bank kreditlashni to‘xtatadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...