08:55 / 02.08.2017
6 809

Qashqadaryolik og‘ufurush fuqaroning faoliyatiga chek qo‘yildi

Qashqadaryolik og‘ufurush fuqaroning faoliyatiga chek qo‘yildi
Buxoro viloyati IIB xodimlari tomonidan viloyat hududida olib borilgan tezkor-profilaktik tadbirlar davomida Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida yashovchi O.Botirovning harakatlari xodimlarga shubha uyg‘otadi. Bu haqda Kun.uz’ga Buxoro IIB xabar berdi.

Kasbilik bu fuqaroning qing‘ir ishlari haqida to‘plangan ma’lumotlar asosida, tezkor xodimlar tomonidan uning borar manzillariga “tuzoq” qo‘yilib, oxir-oqibat O.Botirovning asl “faoliyat”i fosh etiladi.

Ushbu fuqaro aylanma yo‘llar orqali Buxoro viloyatiga kelib bu erda o‘zining doimiy mijozlariga narkotik moddalarni sotish bilan shug‘ullanib kelayotganligi aniqlanadi. Tadbir davomida xodimlar “og‘ufurush” O.Botirovni “Spichki” yozuvli gugurt qutisiga joylashtirilgan jami 26,19 gramm miqdoridagi “marixuanna” giyohvandlik moddasini 800 ming so‘m evaziga sotayotgan vaqtida qo‘lga oladilar.

O.Botirov bilan olib borilgan surishtiruv ishlari davomida ushbu narkotik moddalarni Qashqadaryo viloyati, Mirishkor tumanida yashovchi Sulton ismli fuqarodan 750.000 so‘mga sotib olganligi aniqlanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryolik og‘ufurush fuqaroning faoliyatiga chek qo‘yildi