
Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida O‘zbekistondagi eng katta musiqali favvoralardan biri ishga tushirildi.
Bu haqda "Daryo" xabar bermoqda.

Favvora tuman markazida faoliyat boshlagan «Eko-park» ko‘ngilochar maskanida joylashgan. Uni «Mo‘’jiza sut mahsulotlari» xususiy korxonasi barpo etdi.


—1,1 milliard so‘mdan oshiq mablag‘ sarflangan «Eko-park» hududi 4 ming kvadrat metrdan iborat. Unda muzqaymoq, salqin ichimliklar, fast-fud sotuvi yo‘lga qo‘yildi, gril-bar ishlab turibdi. Musiqali va rangli favvora jihozlari Xitoyning «Xuntay» kompaniyasidan olib kelindi. Uzunligi 32, eni 16 metr bo‘lgan favvora ostiga 300 dan oshiq turli ranglar hosil qiluvchi galogenlar joylashtirilgan, — deydi korxona ish yurituvchisi Sobirjon Hoshimov.
«Eko-park» ochilish marosimida tumandagi 3 nafar bolakayning sunnat to‘yi ham o‘tkazildi. Ularning har biriga 300 ming so‘mdan mablag‘ qo‘yilgan omonat daftarchalari topshirildi, velosipedlar sovg‘a qilindi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar