13:07 / 03.08.2017
5 353

O‘zMTRK rahbari lavozimidan nega chetlatildi?

O‘zMTRK rahbari lavozimidan nega chetlatildi?
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi rahbari Hurshid Mirzohidov o‘z lavozimidan chetlatildi. Qisqa fursat ichida mazkur xabar yashin tezligida tarqalib, keng jamoatchilik muhokamasiga tushdi.

Bunga sabab esa, “O‘zbekiston” teleradiokanali orqali efirga uzatilgan “Tahlilnoma” ko‘rsatuvida O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov hamda bugunga qadar yuritilgan siyosat noxolis va asossiz tanqid qilingan, deb taxmin qilinmoqda. Shu bois, prezident Shavkat Mirziyoyev uni maddohlikka yo‘l ochib bergani uchun ishdan bo‘shatgan. Biroq, bu ma’lumotlar hali tasdiqlanganicha yo‘q va iste’fo sababi aniq keltirilmadi.

So‘nggi vaqtlarda kuzatadigan bo‘lsak, O‘zMTRKda faoliyat yurituvchi ko‘plab jurnalistlar tanqidiy materiallar tayyorlashga bel bog‘lagan. Albatta, bu yaxshi. Biroq, tanqidiy mulohaza yuritishga salohiyati etmaydiganlar ham shuhrat qozonish maqsadida tanqidchiga aylanayotganlari biroz kishining g‘ashini keltiradi. Shu vaqtgacha lom-mim demay, balandparvoz mavzular atrofida aylanayotganlar, birdaniga botirga aylanishlari taajjubli holat emasmi? Ishonamizki, xolis va haqqoniy yoritilgan tanqidiy mavzulargina o‘z tomoshabinini topadi va muammolar qurshovida qolmaydi. Buni haqiqiy jurnalistlar juda yaxshi bilishadi.

Tez fursatda Hurshid Mirzohidovning nima uchun rahbarlik lavozimidan chetlatilganligi ayon bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Hurshid Mirzohidov shu yilning fevralida 12 yil davomida televideniega rahbarlik qilgan Alisher Xo‘jaev o‘rniga rahbar etib tayinlangan edi.


Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zMTRK rahbari lavozimidan nega chetlatildi?