14:09 / 04.08.2017
5 880

Mirziyoyev: Viloyatlardan kelgan ijodkorlarning propiskasi yuz foizga hal qilinadi

Mirziyoyev: Viloyatlardan kelgan ijodkorlarning propiskasi yuz foizga hal qilinadi
3 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilinishicha, adabiyot muzeylarining ahvoli qoniqarsiz ekani qayd etilgan, deb yozadi Hordiq.uz nashri.

Davlat rahbari bosh vazir A.Aripovga har bir rahbar qachon teatrga borgani, qancha kitob o‘qigani, oilasini qachon teatrga olib borgani bo‘yicha mexanizmni ishlab chiqish haqida gapirgan.

Bundan tashqari, videoselektorda aytilishicha, badiiy-ijodiyot va OAV xodimlarining gonorarlari oshirilishi ma’lum qilingan. Joylarda ijodkorlar uylari imtiyozli kredit asosida quriladi. Har bir viloyatda 2 tadan ijodkorlar uyi barpo etiladi.

Mirziyoyevning aytishicha, viloyatlardan kelgan ijodkorlarning propiskasi yuz foizga hal qilinadi. Toshkentga viloyatlardan kelib ijod qilayotganlarda propiska muammosi bo‘lmasligini kerakligi aytildi. Pensiya yoshidagi ijodkorlar pensiyani ham, gonorarni ham to‘liq oladigan bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mirziyoyev: Viloyatlardan kelgan ijodkorlarning propiskasi yuz foizga hal qilinadi