Ro‘zg‘or uchun eng kerakli mahsulot – go‘sht narxi keskin oshgach, barcha mutasaddilar muammoni hal qilishga o‘z uslubida kirishdilar.
Viloyat va tuman hokimlari hududidagi aholiga go‘sht sotuvchi qassoblarni yig‘ib, mashvaratlar o‘tkazdi. Ularni oldiga: “Ertadan boshlab, go‘sht belgilangan narxda sotiladi!” deya topshiriq berildi. Majlis qarorlari OAVda qilingach, o‘zimizni ancha xotirjam sezdik. Mazkur tadbirdan so‘ng shahar va tuman nazorat qiluvchi organlari kunlik tekshiruvga chiqib, qassobxonalarni nazorat qila boshladi.
Bir-ikki hafta haytovur narxni mana shu yo‘l bilan ushlab turilganini inkor ham etmaymiz. Biroq, ayni paytda go‘sht yana o‘z tannarxiga mos narxni belgilab, joyiga qaytdi. Bu - narxni nazorat qilishni yoqtirmaydigan BOZOR IQTISODIYoTI deganidir.
E’tiboringizga O‘zbekistonni turli viloyat va shaharlaridagi holatni havola qilamiz:
Yuqorida ko‘rib turganingizdek, go‘sht hokimliklar tomonidan belgilangan(tavsiya qilingan desak, to‘g‘riroq bo‘lar) sotilmayapti. Bozorlarda harqalay narx biroz arzon. Lekin, joylardagi narx oshmasdan oldin muntazam faoliyat yuritayotgan go‘sht sotish shoxobchalari endilikda to‘laqonli ishlamayotgani tashvishli holat.Mazkur raqamlarni aynan shu viloyatning barcha tuman, shaharlaridagi aniq narx deb qabul qilib bo‘lmaydi. Sababi, narx tinimsiz “o‘ynab” turibdi. Biz o‘rganish davomida erli aholi tomonidan berilgan ma’lumotlarga asoslandik.
Qassoblar va go‘sht ishlab chiqaruvchi, ya’ni mol parvarishlaydigan kishilar bilan muloqot davomida har ikki tomon o‘z muammolarini aytayotir.
-Hozircha, teri va kalla-pochadan tushgan kirimga qanoat qilib, go‘shtni belgilangan narxda sotyapman,- deydi andijonlik qassob.
-Xonadonda doim uch-to‘rt bosh mol boqamiz, qoramol boqish qiyinlashib, kunjara narxi 2200 so‘mga, omuxta em 1900ga chiqdi,-deydi Xorazm viloyatidan aloqaga chiqqan fuqaro.
Go‘sht etkazib beruvchilarni fikricha, qassoblar masalasi jiddiy ekan. Sababi, go‘sht tannarxi arzonlashgani bilan qassob bir xil foyda ko‘radi. Chunki, u oladi va ustiga qo‘yib sotadi. Qarangki, mol etishtirgan boqib 1 million, qassob uni sotib 1 million topadi. Muammoning negizi ishlab chiqaruvchiga sharoit yaratib berishda, deya qayta-qayta takrorlayapmiz, xolos.
“Nazorat so‘yish” haqida eshitganmisiz? Vodiy viloyatlardan birida mutasaddilar ana shunday amaliyot o‘tkazibdi. Bozordan mol sotib olinib, toza suyakli go‘sht narxi aniqlanganida, teri va kalla-pocha tashqari go‘sht qassoblarga 28500dan tushayotgani aniqlandi.
Aynan shu borada maqolalar juda ko‘p e’lon qilinayotgan bo‘lsa-da, hali biror marta soha vakillari OAV orqali tahliliy chiqish qilishmadi.
Muammoni echimi hamda ko‘zda tutilayotgan amaliy ishlar bo‘yicha mutaxassislarga yuzlanishni maqsad qilib, Qishloq xo‘jaligi vazirligi rasmiy saytidagi telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilganimiz foyda bermadi. “O’zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi go‘sht va sut mahsulotlarini rivojlantirish bo‘limidan go‘shakni ko‘targan kishi o‘zini stajyor ekanligini aytib, barcha mutasaddilar viloyatlarga xizmat safariga chiqib ketgani hamda kompaniya go‘sht etkazib berish bilan emas, balki go‘shtni qayta ishlash bilan shug‘ullanishi, kerakli ma’lumotlarni go‘sht ishlab chiqaruvchilardan olgan ma’qulligini aytdi.
Mazkur muammoni hal etish uchun viloyatlarda go‘sht narxini belgilangani hech qanday naf bermadi, deyish noto‘g‘ri bo‘ladi. Mazkur tadbir harqalay naf bergani bor gap.
Sohaning mutasaddi tashkilotlari, balki go‘shtga ixtisoslashgan bo‘rdoqichilik fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish va ularga kreditlar berish borasida loyihalar, xonadonlardagi mahsulot etkazib beruvchilar uchun imtiyozlar bo‘yicha yangiliklar ustida bosh qotirayotgan bo‘lishi mumkin. Faqat muammoni tubdan hal etish bo‘yicha qanday ishlarni amalga oshirilayotganini bilib tursak yaxshi bo‘lardi. Axir har bir vazirlik qoshida matbuot xizmati faoliyat yuritadi.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»