
Andijon tuman “Oyjamol” mahalla fuqarolari yig‘ini hududida noma’lum shaxs Andijon shahrida yashovchi 1982 yilda tug‘ilgan Sh.M.ga tegishli bo‘lgan Spark rusumli avtomashinining old eshigini temir jism bilan ochib, avtomashina salonida bo‘lgan 3 dona uyali telefon apparati, 100 AQSh dollari va 1.900.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketgan. Bu haqda «Andijon viloyat IIB matbuot xizmati»ga tayanib «Kun.uz» yozmoqda.
Ko‘rilgan choralar natijasida noma’lum shaxs aniqlanib ushlandi. U Andijon shahrida yashovchi 1971 yilda tug‘ilgan E.B bo‘lib chiqdi. Ashyoviy dalil sifatida 100 AQSh dollari va 1 dona telefon apparati va 450.000 so‘m pullar olindi.
Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasini 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda ushbu fuqaroning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar