13:25 / 09.08.2017
7 398

Toshkent viloyati bojxona xodimi 460 dollar pora bilan qo‘lga olindi

Toshkent viloyati bojxona xodimi 460 dollar pora bilan qo‘lga olindi
Mamlakatimizda bojxona xodimlari faoliyati samaradorligini oshirish, ichki bozorni sifatsiz kontrabanda dori-darmon vositalaridan himoyalash, mahalliy ishlab chiqaruvchilar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini tashqi bozorga chiqarish bo‘yicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Ayni paytda tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari uchun bojxona rasmiylashtiriladigan tegishli hujjatlar tartibini soddalashtirish maqsadida yagona axborotlashtirilgan axborot tizimini yaratish ishlari ham davom etayotir. Afsuski, milliy bojxona tizimida ayrim xodimlarining tadbirkorlar, hatto xorijliklardan ham noqonuniy pul undirish holatlari uchramoqdaki, bu Vatanimiz obro‘-e’tiboriga soya solishi turgan gap.

Yaqinda MXX xodimlari Toshkent viloyati prokuraturasi vakillari bilan hamkorlikda Davlat Bojxona qo‘mitasining Toshkent viloyati boshqarmasi xodimi Jahongir Omonovni pora olayotganda ashyoviy dalil bilan qo‘lga oldi.

Olingan ma’lumotlarga qaraganda, Davlat Bojxona Qo‘mitasining Toshkent viloyati boshqarmasi Bojxona nazoratini tashkil qilish bo‘limi katta inspektori Jahongir Omonov muntazam ravishda xorijiy yuk tashuvchilar uchun belgilangan kuzatuv yo‘nalishini o‘zgartirib berish evaziga xorijiy transport ekspeditor kompaniyasi vakilidan 200 dan 500 AQSh dollarigacha pora talab qilib kelgan.

Tezkor guruh xodimlari J.Omonovni xorijlik tadbirkordan navbatdagi pora – 460 AQSh dollarini olayotganda qo‘lga olishdi.

Mazkur holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan J.Omonovga nisbatan O‘zbekiston respublikasi jinoyat Kodeksining 210 moddasiga muvofiq (pora olish) jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Tergov jarayonida xorijlik pora evaziga yuk tashuvchilar yo‘nalishini o‘zgartirishga aloqador bo‘lgan boshqa bojxona xodimlari ham aniqlanmoqda.


Manba: Darakchi.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent viloyati bojxona xodimi 460 dollar pora bilan qo‘lga olindi