O‘tgan haftada bir guruh samarqandlik maktab direktorlari shaharni tozalash ishlarida javlon urishni istaganliklari yuzasidan shahar hokimligiga iltimosnoma bilan chiqishibdi. Ular bunyodkorlik va obodonchilik ishlarida ko‘ngilli ravishda qatnashishni istayotganliklarini bayon qilib, hokimiyatdan bunga ruxsat so‘rashgan.
Olaqanot hakkalarning etkazishiga qaraganda, shundan so‘ng talabalar ham diqqinafas shahar havosida siqilganlaridan arz qilib, paxta yig‘im-terimida qatnashishni chin ko‘ngildan istashlari to‘g‘risida Ta’lim vazirligiga arizani taxtlab qo‘yishibdi.
Hali tuzilmagan vegetarianlar jamiyati esa aholimiz salomatligiga go‘shtning zararidan tashvishga tushib davlatga go‘sht narxini oshirishni taklif qilibdi. Go‘sht tarkibidagi xolesterin ateroskleroz, infark, semirish kabi kasalliklarni qo‘zg‘ayotganidan har yili faloncha fuqaromiz bevaqt dunyodan o‘tayotgan emish.
GM xaridorlari esa mashina narxini dollarga bog‘lab qo‘yishni yolvorib so‘rashibdi. “Mashinani puli bor minadi, bizni davlatimiz g‘aznasiga ko‘proq pul o‘tkazishga qo‘yasizmi-yo‘qmi? Axir ko‘proq to‘lashni istasak, bizda nima ayb?” deyishibdi.
Darvoqe, o‘tgan kuni shahrimiz haydovchilari yo‘ldagi panjaralar ma’naviyatimizga zidligi uchun ularni olib tashlashni taklif qilishibdi.
Manba: Fayzbog.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi