Toshkent shahrida noma’lum kimsalar taksi haydovchisiga hujum uyushtirishdi. Voqea 8 avgustga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan.
Sergeli tumanida harakatlanayotgan Spark rusumli avtomobilga 3 kishi o‘tirgan. Haydovchi Sur’at Valiev mashinani haydashi bilan yo‘lovchilar uning bo‘yniga arqon tortib, pichoq tiragan. Haydovchi tezkor harakat bilan bosqinchilar hujumidan qutulib, avtomobildan tushib ketishga muvaffaq bo‘lgan. Shundan so‘ng, bosqinchilar ham voqea joyidan qochib ketishgan.
Sodir bo‘lgan voqea yuzasidan Sergeli tumani IIB tergov harakatlarini boshladi. Tezkor qidiruv-surishtiruv ishlari natijasida mazkur bosqinchilik harakatini Aleksandr Pak, shuningdek, 2 nafar voyaga etmagan Kalan Yan va Roman Shepelev amalga oshirganligi aniqlandi.
Hozirda ularning boshqa jinoyatlarga ham aloqadorligi tekshirilmoqda.
Manba: Qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi