Aholi turmush sharoiti yaxshilangani sayin uning ehtiyojlari ham orta boradi. Masalan, texnologiya vositalari qanchalik taraqqiy etsa, elektr energiyasiz ularning xizmatidan foydalanishni tasavvur etish qiyin. Xuddi shunday avtomobillarning harakatlanishi uchun ham yoqilg‘i talab etiladi va buningsiz sira iloji yo‘q.
Odamlarda avtomobillar ko‘payayotgani rost. Buni ko‘chalarni to‘ldirib yurgan mashinalar oqimi ham tasdiqlaydi. Ammo avtomobillarga yoqilg‘i qo‘yish shoxobchalaridagi turnaqator navbatlar, tartibsizliklar esa kishi ko‘nglini xira qiladi. Benzin quyish uchun navbatda turgan haydovchilar asabiylashishadi, qichqirishadi, xullas, bir amallab o‘z mashinalariga yoqilg‘i quyishadi. Yoqilg‘ini qimmat bahoga sotib, chayqovchilik qilayotganlarning esa parvoi falak, ularning bu holat bilan zarracha ishi yo‘q. Buni Kun.uz tahririyatining ijodiy jamoasi Qashqadaryo viloyatiga qilgan safari davomida guvohi bo‘ldi.
Qarshi shahrida joylashgan AYoQShga kirib borarkanmiz, bu erdagi navbat bizni hayron qoldirdi. O‘sha erda turganlarni suhbatga tortmoqchi bo‘ldik, ammo ular videokameradan o‘zlarini olib qochishdi. Ayrimlari pisanda qilib, turli luqmalar tashlay boshlashdi. Keyin bilsak, ular yoqilg‘i sotuvchi chayqovchilar ekan. Haydovchilar bilan gaplashar ekanmiz, haqiqatan ham Qarshi shahrida yoqilg‘i muammosi juda yomon ekanligi, soatlab navbatga turish kerakligi haqida gapirib qolishdi.
- Ilgari bunday emas edi, - dedi navbatda turgan haydovchilardan biri. – So‘nggi oylarda bizning viloyatda avtomobillar yoqilg‘isi juda tortilgan. Mana shunday tartibsiz navbatlar, asabiylashishlar har kun bo‘ladi. Yoqilg‘ini ko‘chadan sotib olay desangiz, 4000-5000 so‘m atrofida bir litrini sotib olasiz. Arzonroqqa sotib olish uchun AYoQShga kelsangiz, ishdan qolib soatlab navbatga turishingiz kerak bo‘ladi.
Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida mazkur AYoQSh rahbariyati bilan bog‘lanib ko‘rishga harakat qildik, ammo niyatimiz amalga oshmadi. Ular biz bilan suhbatlashishni va zarur ma’lumotlar berishni istashmadi.
Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, bu kabi muammo nafaqat Qashqadaryo viloyatida, balki respublikamizning barcha viloyatlari, jumladan, poytaxtda ham mavjud. Xo‘sh, bu muammoni bartaraf etish uchun qanday choralar ko‘rilmoqda? Mazkur savol bilan “O‘zneftmahsulot” AJ neft mahsulotlari sifatini nazorat qilish, meterologik ta’minot va sertifikatlashtirish bo‘limi boshlig‘i Rustam Abduqodirovga yuzlandik.
“Ochiq aytish kerak Respublikamizning turli hududlarida yoqilg‘i tanqisligi bilan bog‘liq holatlar uchrab turibdi. Buning asosiy sabablaridan biri mamlakatdagi neftni qayta ishlovchi ikkita zavod mahsulotlari poytaxt uchun ajratilgan edi. Chunki imtihonlar sabab 1 avgust kuni Toshkent shahrida chetdan 3 mln.ga yaqin aholi kirib keldi. Viloyatdan kelgan mashinalar benzinni olishlari sabab tanqislik ro‘y berdi. Mana shu holatlarning oldini olish uchun zavod mahsulotlarining katta hajmini Toshkentda qoldirdik, shu sabab respublikaning boshqa hududlarida yoqilg‘i mahsulotlarida tortilish holatlari kuzatildi.
Bu muammoni hal etish uchun zavodlarga maxsus ko‘rsatma va topshiriqlar berilgan. Endi ular o‘z mahsulotlarini hududlarga teng miqdorda etkazib berishadi. Bundan tashqari, xususiy AYoQShlar tomonidan turli xil “o‘yin”larning oldini olish, yoqilg‘i sotishda chayqovchilikning oldini olish bo‘yicha maxsus shtablar tuzilib, ular joylarda bu kabi holatlarni nazorat qilib borishadi. Bunga ichki ishlar organlari xodimlari ham jalb etilgan”.
Rustam Abduqodirovning ma’lum qilishicha, Toshkent shahridagi AYoQShlardan birida reyd o‘tkazilgan. Olib borilgan tezkor tadbirda davlat raqami Samarqand viloyatiga tegishli bo‘lgan yuk mashinasida qo‘l bola idishlar tayyorlanib, unga yoqilg‘i qo‘yilayotgani ma’lum bo‘lgan. Bu esa viloyatlarda yoqilg‘i narxining sun’iy ravishda oshishiga sababchi bo‘layotgan, yoqilg‘i tanqisligini vujudga keltirayotgan sabablardan biri xolos.
Har narsaning me’yori yaxshi. Ayrim shaxslarning ochko‘zligimi, bepisandligimi yoki shu Vatanga daxldorlik hissi yo‘qligidanmi, mana shunday ko‘ngilsizliklar kelib chiqaveradi. O‘ylaymizki, maxsus tuzilgan shtablar o‘z ishini sidqidildan olib borishadi va O‘zbekistonning barcha hududlarida yoqilg‘i tanqisligi muammosiga barham beriladi.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi