12:02 / 17.08.2017
17 392

Kelasi yildan IIV Akademiyasiga talabalar imtihonsiz qabul qilinadi

Kelasi yildan IIV Akademiyasiga talabalar imtihonsiz qabul qilinadi
O‘zbekiston IIV akademiyasi kelasi o‘quv yilidan boshlab, talabalarni kirish imtihonisiz maxsus professional sinov va suhbat asosida qabul qilinadi.
Ushbu o‘zgarishlar O‘zbekiston prezidenti tomonidan bugun tasdiqlangan, ichki ishlar organlari xodimlarining tayyorlov tizimini takomillashtirishga qaratilgan choralar doirasida amalga oshirilmoqda.

Bundan buyon IIV Akademiyasida o‘qish muddati uch yilni tashkil qiladi. Talabalarga stipendiya beriladi va moddiy ta’minlanadi.
Kelajakda uch yildan ortiq xizmat faoliyati o‘tayotgan xodimlar uchun o‘qishning sirtqi shakli ham kiritiladi. O‘qishning bunday shakli 4 yillik bo‘ladi. Oliy ma’lumotli xodimlar uchun sirtqi ta’lim uch yillik bo‘lib, to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Akademiyada olingan oliy ta’lim magistr darajasiga tenglashtiriladi. Kunduzgi bo‘limga 600 nafar va sirtqi bo‘limga 200 nafar o‘quvchi qabul qilinadi.

Akademiyada qo‘shimcha tartibda Chet tillari kursi, pedagoglar tayyorlov kursi va ilmiy-amaliy izlanishlar markazi tashkil qilinadi.
Shuningdek respublikadagi bir necha lisey va kollejlar IIB akademiyasi otalig‘iga olinadi va u erda o‘quvchilar Akademiyaga kirishga chuqurlashtirilgan tayyorlovdan o‘tishadi.

Bunday liseylarga qabul IIV kvotalariga ko‘ra tanlov asosida amalga oshiriladi. 2020/2021 o‘quv yillaridan boshlab IIB Akademiyasiga faqat IIVga taaluqli bo‘lgan liseylar bitiruvchilari hamda IIB xodimlari qabul qilinadi.
IIV liseylari bitiruvchilariga Harbiy-texnik instituti va Yong‘in xavfsizligi institutiga kirishda olingan baliga, maksimal balning 10% miqdorida qo‘shimcha imtiyoz bali beriladi.

Undan tashqari bunday lisey bitiruvchilari IIB Akademiyasi, Harbiy-texnik yoki Yong‘in xavfsizligi institutlariga kira olmagan taqdirda, ularga IIBga ishga joylashishda imtiyoz beriladi.

Shuningdek, Akademiyada etakchi xorijiy tajriba asosida vaziyatlar poligoni va modellashtirish markazi quriladi. 2018 yilning 1 sentyabridan boshlab IIB xodimlarini masofadan turib o‘qitish tajribasi qo‘llanila boshlaydi.


Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kelasi yildan IIV Akademiyasiga talabalar imtihonsiz qabul qilinadi