Dehqonni 1 tonna kartoshkaga chuv tushirib ketgan firibgar ayol fosh etildi

Dehqonni 1 tonna kartoshkaga chuv tushirib ketgan firibgar ayol fosh etildi
Bekobod tumani Dalvarzin fermerlar uyushmasida yashovchi 1966 yilda tug‘ilgan uy bekasi Zarina Yo‘lchieva (ism-familiyasi o‘zgartirilgan) Bekobod tumanida joylashgan dala maydonida firibgarlik yo‘li bilan mavsumiy dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi 1974 yilda tug‘ilgan Qulmurod Nusratovni ishonchini suiste’mol qilib, «bir oy muddatda pulini beraman» – deb aldab, undan 1 tonna kartoshka maxsulotlarini olib, pullarini shu kunga qadar qaytarib bermagan. Bu haqda Toshkent viloyati IIB xabar berdi.

Mahsulot egasi pulini ololmagach, ichki ishlar organlariga ariza bilan murojaat etgan. Hozirgi kunda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar