5 590
«Uyimni sotib, pulini Ahmadboyga bergandim. Endi ijarada yuribman». Ahmadboydan jabrlanganlarning ko‘rsatmalari
Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudida Ahmadjon Tursunboyev (Ahmadboy) hamda uning olti nafar sherigi gumondor sifatida ko‘rilayotgan ish bo‘yicha sud eshituvi davom etmoqda. Bu haqda «UZ24» ma’lum qildi.
Sud majlisida Tursunboyev tashkil etgan “Chinoz halol chorva” va “Chinoz avto hamkor” firmalari faoliyatidan zarar ko‘rgan 9 nafar jabrlanuvchilarning ko‘rsatmalari tinglandi. Quyida ularning ayrimlarini keltiramiz.
Fazliddinov T.: “Yashab turgan uyimni sotib, pulini Ahmadboyga bergandim...”
— 1988 yil Sirdaryo viloyatida tug‘ilganman. Oilaliman, ikki nafar farzandim bor. Ahmadboy haqida eshitib kelardim, lekin 4 yil mobaynida ishonmagandim. Atrofimdagilar, tanish-bilishlarim u haqida ko‘p gapiravergach, men ham pul topshirishga qaror qilgandim. 2016 yil 14 iyun kuni yashab turgan uyimni sotib, 24,5 ming AQSh dollar pulimni Ahmadboyga o‘z qo‘lim bilan oborib bergandim. Ertasiga, ya’ni 15 iyun kuni Ahmadboy qo‘lga olindi, degan xabar tarqaldi. Ular 24,5 ming dollar pulimni 62 ming dollar qilib qaytarishni aytishgandi. Hozirda oilam bilan Yangiyo‘l shahrida ijarama-ijara yashab yuribman.

Ataxadjaev E.: “Kartoshka ekib, bankrot bo‘ldim va qaynotamning “Lasetti”sini sotib, pulini Ahmadboyga berdim...”
— Toshkent viloti, O‘rtachirchiq tumanida yashayman. 2015 yil dalaga kartoshka ekib, bankrot bo‘ldim. Sababi, o‘sha yili kartoshka juda arzon bo‘lib ketdi, sarflagan xarajatimni qoplay olmadim, daladan foyda ololmadim. Shundan keyin Ahmadboy haqida, u berilgan pullarni ortig‘i bilan qaytarishi haqida eshitib qoldim. 2016 yil iyun oyida qaynotamning “Lasetti” rusumli mashinasini sotib, 5 ming AQSh dollar miqdordagi pulni Ahmadboyga olib borib berdim. Ular pulingni ko‘paytirib qaytaramiz, ya’ni 5 mingni 10 oyda 12 ming qilib beramiz, deyishdi. Hali bir marta xam pulimni olmasimdan, Ahmadboy ushlandi.

Safarova S.: “Etti bosh mol, “Matiz”, tilla taqinchoqlarimni olib ketdi...”
— Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida yashayman. Uyda 7 bosh qoramol boqardim. Bir kuni Baxt ismli yigit mahallamizga kelib, agar pullaringizni, mollaringni Ahmadboyga topshirsangiz, sizlarga ko‘paytirib qaytaradi, degan gaplarni aytdi. Men unga ishondim va qoramollarni topshirdim. Yana bir kun kelib, hovlida turgan “Matiz” avtomobilini ham topshirishimni aytdi. Mashinaga qo‘shib tilla taqinchoqlarimni ham 6 ming dollarga baholab, o‘zi olib chiqib ketdi. Meni ortimdan qizim ham ikki bosh qoramolini, tillalarini, sotgan uyini pulini o‘sha yigitga topshirdi. Mana endi hech nimasiz qoldik...

Rahimov K.: “Ahmadboyning ofisini bankka o‘xshatdim...”
— Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani Xalqobod qo‘rg‘onida hovlim bor, u erda qo‘y boqardim. Bir kuni Dilmurod ismli bola kelib, qo‘ylarimni yanada ko‘paytirib berishga va’da berib, meni ishontirib, 11 ta qo‘yni olib ketdi. Avvaliga ishonqiramay, qo‘y boqiladigan joylarni o‘z ko‘zim bilan borib ko‘rib keldim. Hammasi badastr, joyida edi. Keyin Ahmadboyning Chinozdagi ofisiga ham bordim, u erda bir necha kassalar qilib qo‘yilgan, odamlar kirib-chiqib, kelib-ketyapti ekan. Men u erni bankka o‘xshatdim. Barcha sharoitlar yaratilgan edi, har qanday odam qonuniyligiga ishonadigan darajada edi. Qo‘limda 700 AKSh dollar pul bor edi, uni topshirdim, qo‘limga chekka o‘xshash qog‘oz berishdi va har oyda pulingizni foizi bilan olasiz, deyishdi. Shunda keyin ishonchim yanada ortib, 3 ming dollar pulni yana olib borib berdim. O‘shanda 2016 yil aprel, may oylari edi. Biroq iyun oyi o‘rtalarida Ahmadboy qo‘lga olindi-yu, qo‘y va pullarimni qaytarib ololmadim.

Ahmedova: “Erimning operasiyasiga pul kerak edi, majburlikdan sotgan uyimning pulini Ahmadboyga bergandim...”
— Sirdaryo viloyati, Hovoz tumanida yashayman. 2-guruh nogironiman, 3 nafar farzandim bor. Turmush o‘rtog‘im og‘ir betob bo‘lib qoldi, ularni Hindistonda operasiya qildirmoqchi edik. O‘shanda pul zarur bo‘lgani uchun uyimizni 18 ming dollarga sotdik. Lekin bizga bu pul operasiya uchun kamlik qilishini, jami 25-30 ming dollar kerakligini aytishdi. Shu paytlarda (2016 yil) bozorda odamlardan Ahmadboy haqida eshitib qoldim. Unga pulingni bersang, senga ikki barobar qilib qaytaradi, deyishdi. Odamlarning gapiga ishonib, Ahmadboyni qidirib Chinozga bordik. U erda odamlar juda ko‘p edi, uzun navbatlar bor edi. Men bir ayolni to‘xtatib, “bu kishi ishonchlimi, aldamaydimi”, deb so‘radim. U esa ishonchli deb tasdiqladi. Shuningdek, inkassasiya mashinasi ham kirib-chiqib yurganini ko‘rdim. Shunda men demak, ishonchli ekan, davlatga soliq to‘lar ekan deb o‘yladim. O‘zi bilan uchrashmoqchi edim, biroq meni qo‘yishmadi. Shundan keyin Olmos degan kishiga uchradik. U bilan erim chiqisha olmadi, keyin Murodjon degan yigitga uchradik (Shu payt guvohdan sudlanuvchilar ichida Olmos va Murod ismli shaxslar bormi deb so‘raldi, guvoh ularni ko‘rsatdi - tahr.) va unga 16,5 ming dollar pulimizni berdik. Shundan so‘ng bir martagina 2 700 dollar pul oldik, Ahmadboy qo‘lga olingach, qolgan 13,800 dollar pulimizni ololmadik. Sudlanuvchilardan da’voim yo‘q, pullarim qaytarib berilsa bo‘ldi.

Shodiev T.: “Rossiyada ishlayotgan qayni ukam yuborgan pullarini berib yubordim..”
— Sirdaryo viloyatida yashayman. 2016 yil fevral oyida Toshkentga kelganimda Ahmadboy haqida eshitib qoldim. Ayolim bilan maslahatlashib unga pul topshirmoqchi bo‘ldik. Rossiyada ishlayotgan qayni ukam pullarini bizga jo‘natardi, shu pullardan 2 700 dollarni Ahmadboyga topshirdim. Ofisga borsak, bir necha kassalar bor ekan, bizni 1-kassada qabul qilishdi va 10 oyga deb bersangiz, pulingizga 10 foiz qo‘shiladi, deyishdi. 76/42 raqam bilan daftarga qayd qildi. Birinchi pulimni 20 iyulda olishim kerak edi, lekin Ahmadboy 15 iyunda ushlandi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas