15:59 / 17.08.2017
7 809

25 avgustgacha barcha ta’lim muassasalari o‘quv jarayoniga shay bo‘lishi kerak

25 avgustgacha barcha ta’lim muassasalari o‘quv jarayoniga shay bo‘lishi kerak
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev maktabgacha ta’lim tizimi tarkibiy jihatdan isloh qilish va boshqaruv tuzilmasini tashkil qilish borasida muhim vazifalarni belgilab berdi. Shuningdek, bolalarni bog‘chalarga 100 foiz qamrab olish bo‘yicha dastur ishlab chiqiladi. Boshlang‘ich ta’lim muassasalariga qator imtiyozlar beriladi.

Avval xabar berganimizdek, 2017-2018 o‘quv yilida umumta’lim maktablarining 1-sinfiga 650 ming nafar o‘quvchi qabul qilinadi. Ular uchun 12 nomdagi o‘quv qurollari solingan maktab sumkalari tayyorlanib, “Prezident sovg‘asi” sifatida taqdim etilishga tayyor turibdi.

Shuningdek, 2017-2018 o‘quv yilida maktablarda 10-sinf ochilishi tufayli 9,5 ming nafar oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari va 13 ming nafar lisey va kollejlar o‘qituvchilari ishga jalb etildi.

Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyev 25 avgustgacha barcha ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga va kuz-qish mavsumiga tayyorlash, ta’lim ob’ektlarida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash va jihozlash ishlarini yakunlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 25 avgustgacha barcha ta’lim muassasalari o‘quv jarayoniga shay bo‘lishi kerak