17:12 / 18.08.2017
7 426

Shavkat Mirziyoyev ichki ishlar xodimlari ustidan nazorat kuchaytirilishini aytdi (Video)

Shavkat Mirziyoyev ichki ishlar xodimlari ustidan nazorat kuchaytirilishini aytdi (Video)
Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 17 avgust kuni Toshkentda ichki ishlar organlari tizimida olib borilayotgan ishlarning ahvoli, muammolar va kelgusidagi vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik.

Davlat rahbari ishlar qog‘oz uchun bajarilayotganini, buning oqibatida vaziyat ijobiy tomonga o‘zgarmayotgani va hududlarda profilaktik tadbirlar etarli darajada amalga oshirilmayotganligini ta’kidlagan.

“Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni”ning belgilangani sababli, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlar qat’iy, aniq va tizimli ravishda o‘tkazib kelinayotgani aytilgan.

Natijada jinoyatchilik sezilarli darajada kamaygan.

Buni joriy yilning 7 oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan jinoyat sodir etish holatlarining 4600 taga kamayganidan ko‘rish mumkin. Qasddan odam o‘ldirish 72 taga, qasddan og‘ir tan jarohati etkazish 75 taga, bosqinchilik 81 taga, bezorilik 401 taga kamaygan.

Ayrim hududlarda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatlarni barvaqt aniqlash ishlari qoniqarli darajada tashkil etilmagan. Respublika bo‘yicha jinoyatchilik ko‘rsatkichlari kamaygan, lekin Samarqand, Buxoro, Navoiy, Farg‘ona viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida jinoyat sodir etish holatlari ko‘paygani misol tariqasida keltirilgan.

Bundan tashqari, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslar bilan profilaktik tadbirlar o‘tkazish, ma’muriy nazorat yuritish ham muhim masala ekani ta’kidlangan.

Mamlakat bo‘yicha 12 mingga yaqin ma’muriy nazorat o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan shaxslardan 6377 nafariga bunday chora ko‘rilmagan. Har bir sudlangan shaxsni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash orqali ularning davlat va jamiyatga dushman emas, do‘st bo‘lishini ta’minlashi shart.

Ichki ishlar organlarida kadrlar tanlash, joy-joyiga qo‘yish, qayta tayyorlash bo‘yicha ishlar ahvolining qoniqarsizligi bilan bog‘liq. Joriy yilda ichki ishlar organlari xodimlariga nisbatan 223 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani, 462 xodim intizomiy jazoga tortilgani buning yaqqol tasdig‘idir.

Bosh prokuratura rahbariyatiga ichki ishlar organlari faoliyati ustidan prokuror nazoratini samarali o‘rnatish va prokurorlarning shaxsiy mas’uliyatini oshirishni ta’minlash vazifasi topshirildi.


Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev ichki ishlar xodimlari ustidan nazorat kuchaytirilishini aytdi (Video)