6 994
Lisenziyalar va ruxsat beruvchi hujjatlarning 55 turini bekor qilish rejalashtirilmoqda
Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyati sohasida lisenziya va ruxsat berish tartibotlarini yanada qisqartirish va soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi”gi qarori loyihasi QHTBT portalida joylashtirilgan, debhttps://zamin.uz/uploads/posts/2017-08/1503066200_134692_b59a87915e07effad56ee8a177eb.jpg[/img] ] yozmoqda Norma.uz.
Xususan, loyiha quyidagi ro‘yxatlarni o‘z ichiga oladi:
• joriy (jami - 38) va kelasi yilda (jami - 17), shu jumladan birlashtirish (58 dan 26 gacha) yo‘li bilan bekor qilinadigan tadbirkorlik sohasidagi lisenziyalar va ruxsat berish hujjatlarining ayrim turlari. Ular orasida, misol uchun, farmasevtika, tibbiyot, veterinariya, turistik va bojxona sohasida lisenziyalar, advokatlik faoliyati (1.10.2017 yildan), shuningdek ulgurji savdo, avtomobilda tashish, birja faoliyati (1.01.2018 yildan) mavjud;
• rasmiylashtirish muddati qisqartiriladigan tadbirkorlik faoliyati sohasidagi lisenziyalar va ruxsat etish tusiga ega hujjatlar (jami – 23);
• lisenziyalash funksiyasi Vazirlar Mahkamasidan tegishli davlat organlariga o‘tkaziladigan faoliyatning ayrim turlari (jami – 13).
Shuningdek, ayrim faoliyat turlarini amalga oshirish huquqi uchun barcha lisenziyalar taxminan joriy yilning 1 oktyabridan amal qilish muddati cheklanmagan holda beriladi.
Agar lisenziyalovchi organ lisenziyani bermasa yoki buning uchun ajratilgan muddat ichida uni berishni rad etmasa, talabgor lisenziya olmoqchi bo‘lgan faoliyat bo‘yicha faoliyatini amalga oshirishi mumkin. Bunda lisenziyalovchi organni bu haqda yozma ravishda xabardor qilish lozim bo‘ladi.
Loyiha o‘zgartirilishi, to‘ldirilishi yoki rad etilishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi